Mavzu rejasi: 1



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Sintoizm dini
Qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan (
sinto – 
«xudolar yо‘li»). Bu 
dinning vujudga kelishiga oid aniq ma’lumotlar yо‘q. Biroq, u Yaponiyada Xitoy 
ta’siridan xoli bir sharoitda paydo bо‘lgan va rivojlangan. Yaponlar sintoizmning 
mohiyati va kelib chiqishini bir-biri bilan aralashtirmaslikka harakat qiladilar. 
Sintoizm ular uchun ham tarix, ham an’ana, ham butun hayot demakdir.
Sintoizm ta’limotiga kо‘ra, 
mikado
(imperator) – osmon ruhlarining 
davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar(
kama
)ning vorisidir. 
Yaponlar 
kama
ni ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. 
Xudojо‘y yapon о‘lgandan keyin о‘zining ham о‘sha 
kama
lardan biri bо‘lishiga 
ishonadi.
Sintoizmda «Oliy ilohiyat» tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhiga va 
tabiatga sig‘inishga о‘rgatadi. Sintoizmda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim 
bо‘lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yо‘q. Unda bir umumiy ma’naviy 
qoida – «Umumiy qonunlarga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat 
qil» g‘oyasi mavjud. Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik 
tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga 
rioya qilish tabiiy. Agar shunday bо‘lmaganda, ular о‘rgatilmagan yovvoyi 
hayvonlardan ham pastroq darajada bо‘lar edilar. 
Sintoizm haqidagi ma’lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» 
(«Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi. 
Kodziki – bu sintoizmning muqaddas kitobi. U har bir yaponning eng yaqin 
kitobidir, boshqacha aytganda, bu kitob Yaponiyani, yapon xalqini tushunishning 


25 
kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va 
siyosiy hokimiyat g‘oyasi. 
Hozirgi kundagi yaponlar tashqi kо‘rinishdan bu ta’limotga bir oz e’tiborsiz 
kо‘rinsalar-da, chin dildan unga ongli ravishda ehtirom bilan yondashadilar. 
Hozirgacha sintoizm ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar 
о‘tkazilib turadi 
1.
Sintoizm qachon paydo bо‘ldi? 
2.
Sintoizmning ta’limoti nimalardan iborat? 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin