Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja I. Kirish II. (1)
3.2. Reklama ijtimoiy-madaniy muhit va badiiy tafakkurni shakllantirish vositasi sifatida Bugungi kunda jamiyatda kechayotgan har qaysi ijtimoiy munosabatlarni kuzatar ekanmiz, ularda reklama faoliyatining ayrim ko`rinishlari yoki reklama mahsulotini ko`rishimiz mumkin. CHunki reklama mahsulotlari jamiyat a`zolarining ehtiyojidan-da ko`proq bo`lgan taklif, shu jumladan, g’oya fikr, mahsulotni taqdim etmoqda va uni tanlash yoki ular bilan o`zaro xisoblashish jamiyat a`zolarining reklama madaniyatini qay darajada o`zlashtirganliklariga bog’liq bo`ladi. Jamiyatda reklama madaniyati tushunchasini ishlab chiqishda shaxsning axborot olish madaniyati nuqtai nazaridan yondoshiladi.
Shaxsning axborot olish madaniyati – insonning umumiy madaniyati tarkibiy kismlaridan biri: axborot dunyoqarashi majmuasi va an`anaviy xamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yakka tartibda axborot olish ehtiyojlarini qidirishga doir maqsad sari yo`naltirilgan mustaqil faoliyatni ta`minlovchi bilim va malakalar tizimidan iborat.
Shaxsga axborot olish madaniyatini urgatishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
shaxsning axborot olish dunyoqarashini shakllantirish, bu narsa axborotga, axborot zaxiralariga, axborot texnologiyasiga bo`lgan umumlashgan karashlari tizimini ifoda etadi, jamiyat a`zolarining muayyan o`quv, kasb-kor yoki boshka o`quv-biluv faoliyatini, o`z-o`zini ta`minlashga doir bilim va malakalarni egallashlari; Axborot olish malakalarini xosil qilish axborot qidirishning an`anaviy va avtomatlashtirilgan (elektron) usullarini mustaqil ravishda yuritish malakalarini o`zlashtirishni kuzda tutadi. Shaxsning axborot olish madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirish maxsus axborot olish ta`limini, xususan, ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga uquvchilarda axborot bilan o`z-o`zini ta`minlash sohasidagi bilim va malakalarning bir butun tizimini shakllantirishni talab etadi.
Reklama madaniyati bu reklama mahsulotlarida ilgari surilgan g’oya yoki muayyan narsa buyumlar jamlanmasi bilan shaxsiy extiyojlar va qiziqishlar mutanosibligini ta`minlash malaka ko`nikmalar yig’indisidan iborat bo`ladi. Reklama mahsulotini iste`moli jarayonida axborotni umumilmiy, umumiy ta`lim va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida mustaqil aniqlash va foydalanish imkonini beradigan bilim, malaka va kunikmalar olamiga olib kiradi.
Reklama mahsulotini iste`mol qiluvchi ijtimoiy faoliyatiga singdirish bu zamonaviy jamiyatning ehtiyojidir.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari faqat fan va texnika yangiligi doirasidan chiqib, oddiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga ham aylandi. Shu bilan birga axborot mahsulotlari va xizmatlarini ularni kelgusida sotish uchun ishlab chiqish ishlab chiqarishning mustaqil tarmog’iga aylandi.
Inson yashayotgan olam turli moddiy va nomoddiy ob’ektlardan, shuningdek, aloqalar va ular o`rtasidagi o`zaro harakatlardan tashkil topgan. Sezgi organlari, uskunalar va shu kabilar yordamida reklama mahsulotlarida aks etadigan voqeilik va faktlar ma’lumotlar sifatida qo`llanilib, muayyan vazifalarni hal qilishda ular axborotlarga aylanadi. Vazifani hal qilish natijasida yangi bilimlar – tizimlashtirilgan, qonunlar, nazariyalar va qarashlar hamda tushunchalarning boshqa yig’indisi ko`rinishida umulashtirilgan haqiqiy yoki sinovdan o`tgan ma’lumotlar paydo bo`ladi. Kelgusida bu bilimlarning o`zi boshqa vazifani hal qilish yoki oldingilarini aniqlashtirish uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Reklama mahsulotini axborotga aylantirish ularning iste’molchisi (foydalanuvchisi) tomonidan o`z axborot modeli asosdi amalga oshiriladi. Bularning barchasini amalga oshirishda reklama mutaxassisi asosiy rol o`ynaydi.
Ma’lumotlar ularning bo`lg’usi iste’molchisi tomonidan (masalan, tadqiqotchi tomonidan ilmiy eksperimentlar o`tkazishda) axborotga aylantirilganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchining axborot modellari tabiiy ravishda bir-biriga mos keladi. Agar ma’lumotlar tovar sifatida namoyon bo`lsa, u holda iste’molchi axborot mahsulotlari, ya’ni ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan kelgusida tarqatish uchun shakllantirilgan ma’lumotlar yig’indisiga duch keladi. Axborot mahsuloti tuzilishi yoki unda ma’lumotlarni taqdim etish shakli uni ishlab chiqaruvchining qandaydir bir axborot modelini o`z ichiga olgan bo`ladi va u ta’rifan foydalanuvchining axborot modelidan farq qiladi.
Tabiiyki, tijorat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o`z modellarida iste’molchilarning modelini ham hisobga olishga harakat qiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarning axborot modeli hech qachon to`laligicha bir-biriga to`g’ri kelishi mumkin emas, chunki:
a) foydalanuvchilar ko`pincha o`zlariga qanday axborot kerakligi to`g’risidagi ancha noaniq tasavvurlarini yaqqol axborot modeliga joylashtirib olmaydilar, bu esa mazkur tushunchalarni mahsulot konsepsiyasida hisobga olishga to`sqinlik qiladi;
b) agar hatto bunday modellar qandaydir darajada bor bo`lsa-da, birinchidan ishlab chiqaruvchi ular haqida bilmasligi yoki ularni noto`g’ri qabul qilishi, ikkinchidan turli foydalanuvchilarda bu modellar bir-biriga mos kelmasligi va shu bilan foydalanuvchining abstrakt axborot modelini tuzishni umuman qiyin, ba’zan esa amaliy ahamiyatsiz masalaga aylantirishi mumkin.