Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 46,54 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü46,54 Kb.
#180135
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja I. Kirish II. (1)

IV. Xulosa
O`zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan kichik biznes, tadbirkorlik, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari rivojlanib bormoqda. Bu o`z navbatida reklama xizmatlariga bo`lgan talabni yuqori sur’atlarda ortib borishiga sabab bo`ladi.
Reklama faoliyati strukturasining asosiy unsurlari va ularning ijtimoiy madaniy jihatlari haqida xulosa chiqarishda birinchi navbatda diqqat markazda doim reklama axborotini qabul qiluvchi (adresat)ning turishini takidlash lozim.
Boshqa barcha unsurlarning asosiy belgilari - tasvirlashdan tortib to aks aloqagacha - murojaat qaratilgan auditoriyaning xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Reklama axborotlarini yo`llashda uning eng maqbul vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Kommunikatsiya tizimi taqdim etilayotgan reklama mahsulotidan boshlab uni adresat qabul qilib olgunga qadar kechadigan kommunikatsiya jarayonining barcha ishtirokchilari va ma’lumot tashuvchilarni birlashtiradi. Reklama kommunikatsiyasida qabul qiluvchi muayyan kishilar - reklama qaratilgan auditoriyadir. Odatda reklama qaratilgan auditoriya tushunchasi kommunikator firmaning maqsadi qaratilgan bozor tushunchasiga mos keladi. Biroq ba’zi hollarda ushbu tushunchalar orasida sezilarli farqlar vujudga kelishi mumkin. Bu o`z navbatida jamiyatda muayyan qatlam, auditoriyani shakllanishiga himat qiladi. Tabiiyki, kommunikator reklama xabarini qabul qiluvchidan reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishini kutadi. Aks aloqa aks javobning qabul qiluvchi tomonidan yo`llovchi e’tiboriga taqdim etilayotgan qismini tashkil etadi. Aks aloqa elementlari sifatida qabul qiluvchilarning kommunikatorga qo`shimcha ma’lumot uchun murojaati, reklama qilinayotgan tovarni ishlatib ko`rish, uning ko`plab o`xshash markalar ichidan tanib olinishi, esda saqlanib qolishi va boshqalar ko`rib chiqilishi mumkin. Psixologik to`siqlar kommunikatsiya jarayonida ishtirok etuvchi kishilarning atrof borliqni turli darajada idrok etishlari natijasida yuzaga keladi.

Yüklə 46,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin