Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 46,54 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü46,54 Kb.
#180135
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja I. Kirish II. (1)

II. Asosiy qism
2.1. Shaxs shakllanishi va reklama faoliyati
Reklama faoliyatini tashkil etish va uning ta`sirchanligini oshirish avvalo reklamaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Bu o`z o`zidan reklama faoliyatida ta`sirchanlikni oshirishda turli vositalarni qo`lash orqali namoyon bo`ladi. Shuningdek, reklama mahsulotining iste`molchiga maqbul tarzda jihozlanishi va bezalishi bo`yicha tadqiqotlarni ham, narx-navo masalalarini ham, reklama amaliyoti va so`ngi is`temolchiga mahsulot sotilgandan keyingi xaridorga xizmat ko`rsatishni ham o`z ichiga oladi, xullas ishlab chiqaruvchidan to iste`molchigacha bo`lgan munosabatni axborotli tizimda aks ettirishi lozim bo`ladi. Reklama mahsulotining qay darajada ta`sirchanligi reklam faoliyatini tashkil etish va boshqarishga bog’liq bo`ladi. Bu o`z navbatida marketing vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Reklama mahsuloti odatda juda qimmat turadi. Shuning uchun ham reklama mahsulotini yaratuvchisi reklamaning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmagan holda qilinajak reklama haqidagi o`zining chuqur o`ylangan marketing echimini qabul qilishi kerak. Mablag’ haqida masala ravshanlashib borganda, reklama bo`yicha shug’ullanuvchilarga qanchalik katta mas`uliyat tushishini ko`rish mumkin, ya`ni reklama bo`yicha mutaxassis qobiliyati bo`lmasa va mavjud imkoniyatlardan foydalanib ish yuritmasa, avvalo o`z ishi, muassasasining obro`sini ham tushirib qo`yishi mumkin. Shuning uchun reklama mahsulotini ta`sirchanlik darajasini ortishiga hizmat qiluvchi birinchi omil sifatida reklama mahsuloti ishlab chiqaruvchi muassasa marketing muhitini va marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
• reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqei;
• tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko`rish uchun safarbar qiladigan usullar bo`lishi;
• tovar reklamasi qimmat bo`lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerak-ki, u arzon bo`lsin;
• reklamada tovarni turli ranglarda ko`rsatish va bu ranglar xaridorlarni o`ziga jalb eta olishi zarur;
• tovarni reklamasida mahalliy an`analarni hisobga olish va tovarni qaysi hududlarda va qaysi yoshdagi iste`molchilarga mo`ljallangan bo`lishi juda muhimdir.1 Tayyorlanayotgan reklamaning samarali chiqishi pishiq tuzilgan korxona tarkibida marketing bo`limining faoliyatiga ham va uni boshqaruvchimenedjerning qobiliyatiga ham bog’liq. Asosan reklama beruvchi firma va tashkilotlar o`z strukturasini ichki imkoniyatlariga bog’liq holda tuzadilar. Masalan, kichik firmalar o`z boshqaruv strukturasini quyidagicha tuzadilar.
(strategiyasini) ham aniqlab olishimiz zarur. Yo`nalishni asoslashda avvalambor mahsulotni ishlab chiqarishda etarliligini hisobga olish, mahsulot zahiralari, uzluksiz ta`minlab tura olish imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak. Shuningdek, boshqa ma`lumotlar ham muhimdir, mahsulot bozorining ko`lami; uning miqdordagidan oshiq zahiralari, mahsulotning kelajagi va hokazolar. Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo kon`yukturasini yangi mahsulotlar bilan ta`minlash hali muhim bo`lmagan, sotuv, zahira, iste`mol haqidagi ma`lumotlar etarli bo`lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo`nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi, hamda aholi talabini ko`ra bilish, sinovga chiqarilgan mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma`lumotlar o`rin oladi. Reklamaning yo`nalishini tanlash - savdo va sanoatning o`zaro harakati va mahsulot aylanishiga mahalliy manbalardan olingan mahsulot zahiralarining qatnashishiga ham bog’liq. Reklama ma`lumotlari yangiligi, kutilmaganligi, hissiy ta`siri bilan ajralib turishi kerak. Bundan tashqari mahsulotning xaridor e`tibor qilmagan xususiyatlarini ko`rsata olishi kerak. Ayniqsa, mahsulotning bozorga kirib kelishi va ularni uzaytirish bosqichida reklama juda zarur. Reklama uchun zarur shartlaridan biri, uning makonining aniqligi, ya`ni bozorning ma`lum segmentiga yo`nalganligi, har xil xaridorlar uchun esda saqlanib qolinishidir.

Yüklə 46,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin