Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja I. Kirish II. (1)
2.2.Reklama faoliyatining ta`sirchanlik usullari O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakat aholisini ayniqsa, yosh avlodni jasurlik va fidoyilik, ozod va obod Vatan barpo etishdek ezgu maqsadga e`tiqod ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu bois ham o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, milliy madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, umuminsoniy qadriyatlar bilan oziqlantirib, o`sib kelayotgan yosh avlodga etkazishga izchil harakat qilamiz.
Ma`lumki, har qanday nazariya yoki ta`limot ma`lum bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iboratdir. Jamiyatning o`z oldiga qo`ygan strategik g’oyasi va maqsadi erishish uchun amalga oshiruvchi mafkuralar har bir millat, xalqning o`zligini namoyon qilish imkonini beradi. Xususan, o`zbek xalqining milliy istiqlol g’oyasi jamiyatni jipslashtirishga, birgalikda, hamjihatlikda harakat qilishga chorlaydi.
Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g’oya xalqimizni o`z mustaqilligidan judo bo`lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda O`zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi asosiy maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo`lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma`no-mazmunini ifodalaydi.
Bugungi dunyoning g’oya va mafkurasi targ’ibotiga nazar tashlasak, manzarasiga bir qur nazar tashlasak, asosiy masala inson ongi va qalbi uchun kurash, uni mafkuraviy zabt etishga qaratilganligiga amin bo`lamiz. Boshqacha aytganda, dunyoning g’oyaviy, mafkuraviy kurash manzaralari o`z gegemonligini o`tqazish maqsadlari yo`lida rivojlanayotgan yosh mustaqil davlatlarning g’oyaviy, mafkuraviy olib borilayotgan islohotlari barqarorligi va taraqqiyotiga tahdid solmoqda.
Bu boradagi Yurtboshimizning “Bunday kuchlarning g’arazli munosabati, avvalo, boy va qadimiy ma`naviyatimizga qarshi qaratilgani, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo`r berib urinayotgani barchamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi, albatta.
Nega deganda, insoniyatning ko`p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe qilib, buysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya`ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma`naviyatidan judo qilishga urinadi”1,- degan fikrlari diqqatga sazovor.
Darhaqiqat, bugun dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar, tartibsizliklar natijasida katta ma`naviy yo`qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloqodob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o`zi tug’ilib o`sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg’ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd shaxsga aylantirishga urinishda namoyon bo`lmoqda.
Bu kabi ulug’ zotlarga munosib avlod bo`lib, yuksak insoniy fazilatlarga, yuksak ma`naviyatga ega bo`lish mamlakatimiz va xalqimizning asrlar davomida ozod va hur bo`lib, hech kimga qaram bo`lmasdan tinch-totuv hayot kechirishida, o`zining ezgu maqsad va intilishlariga etishlarida etarli asos va kafolat bo`ladi.
Ijtimoiy voqelikdagi xodisalarni inson anglar va tahlil qilar ekan, uning turmush tarzi, hulq-atvori va fikrida yangicha ijtimoiy munosabatlar tizimi shakllanadi. Ana shunday munosabatlarni va shaxs xulq-atvoridagi ijobiy sifatlarning paydo bo`lishida ijtimoiy reklamalarning ta`siri yuqori bo`ladi. Bugungi kunda ijtimoiy reklamalar inson omilini qadrlashda, uni turli salbiy ijtimoiy ta`sirlardan himoyalashda va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda muhim vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Ma`lumki, jamiyat hayotidagi har qanday yangilik, o`zgarish avvalo inson omiliga qaratilgan bo`lib, shaxs ijtimoiy-siyosiy qarashlariga keskin ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, bugungi kunda shakllanib borayotgan fuqarolik jamiyati va bozor munosabatlari sharoiti mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning ongi va shuurida, tafakkuri va hulq-atvorida yangicha ma`no-mazmun kasb etmoqda. Reklama nafaqat iqtisodiy taraqqiyot omili, balki faol ijtimoiy harakat jarayoniga aylanmoqda. Reklama psixologik tabiatiga ko`ra, kuchli ta`sir etish xarakteriga ega bo`lib, shaxsni faol ijtimoiylashtiruvchi vosita hisoblanadi. Reklama ma`lumotlari va xizmatlarini shaxs tomonidan idrok qilinishi esa turli mamlakatlar taraqqiyoti, turmush tarzi, shakllangan stereotiplari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Reklama psixologik yo`nalganligiga ko`ra, insonlar ruhiyatiga, fikrlashiga va hulq-atvoriga keskin ta`sir ko`rsatadi. Bu esa berilayotgan ma`lumotlarni milliy stereotiplar, milliy xarakter sifatlariga qanchalik monandligiga bog’liq. Bugungi davlat taraqqiyotiga ijtimoiy ta`sirlar va turli axborot hurujlarining ta`siri ortib borayotgan bir paytda ijtimoiy himoya kuchini ta`minlaydigan va ogohlikka da`vat etuvchi, sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi ijtimoiy reklamalarga bo`lgan extiyoj tobora ko`paymoqda. Jamiyatda sog’lom muhitni saqlashda, insonlardagi o`z-o`ziga bo`lgan ishonch hissini orttirishda, hayotga bo`lgan sog’lom munosabatni tarkib toptirishda to`g’ri psixologik ta`sir kuchiga ega bo`lgan va milliy turmush tarzimizga, qadriyatlarimizga yo`g’rilgan reklamalar juda ahamiyatga ega. Ko`proq xalqimizning turmush tarzi mazmunini, fe`l-atvorini o`zida ifoda etuvchi reklamalar ijobiy qabul qilinadi. Berilayotgan har qanday reklamalar asosida psixologik qonuniyatlar tizimi mavjud. Reklamadagi verbal va noverbal vositalar orqali berilayotgan ma`lumotlar mavjud bo`ladi. Reklama ma`lumotlarini verbal tarzda, hissiyotni qo`zg’ovchi turli musiqiy matnlar, tasvirlar orqali yorqinroq anglash, bunda ma`lumotlar qisqa va lo`nda, turli tasvirlar, chizmalar, noverbal vositalar bilan uyg’unlashadi. Ayollarda muloqotga bo`lgan extiyoj, emotsionallilik va tabiiy ishonuvchanlik yuqori bo`lganliligi bois, ular og’zaki, ohanglar bilan ifodalangan, kuchli emotsional yo`g’rilgan reklama ma`lumotlarini oson idrok qiladilar. Reklamani anglash unga munosabat bildirish shaxsda ijtimoiy voqelikni erkin baholash, turlicha yangi shakl va ijtimoiy hulq ko`nikmalarini namoyon etishga imkon beradi. Bugungi kunda reklamalarga bildirilayotgan munosabatlarga qarab, insonlardagi ijtimoiy fikrlarni baholash mumkin. Shuningdek, yosh xususiyatlari ham reklama mazmunini anglanilishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Ayni bu davr shaxs o`zini anglangan darajada idrok qilishiga imkon beruvchi va yangiliklar, bilimlarni o`zlashtirishga nisbatan talabni yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, o`smirlik davrida shaxs xulq-atvorida taqlidga nisbatan moyillik hissi yuqori bo`lganligi bois har qanday yangilikka e`tiborli bo`lish, munosabat bildirish faol namoyon bo`ladi. Reklama ma`lumotlari shaxsdagi ijobiy va salbiy stereotiplarni shakllanishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Chunonchi, stereotip mazmunini ijobiy yoki salbiy ma`no kasb etishi avval shakllangan mavjud tasavvurlar tizimi bilan uzviy bog’liq.
Reklama mahsulotining ijtimoiy-psixologik hususiyatlaridan eng ko`zga tashlanadiganidan biri sifatida inson o`z ideali, ya`ni ibrat namunasini shakllantirishi yohud o`z faoliyati davomidagi muayyan qoida, tamoyillarni ishlab chiqishida ularga tayanishi bilan namoyon bo`ladi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, ijtimoiylashuv omillari va psixologik xususiyatlarini o`rganish, taqlid va ibratning qiyosiy tahlili o`smirlik davrida inson psixikasining voyaga etishida ibratning muhimligi, ijtimoiylashuv jarayoniga oila, maktab, referent guruh, televidenie, san`at singari omillar o`tkazadigan ta`sir darajasi turlicha ekani ma`lum bo`ldi.
Demak, reklama ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jarayonlarga ta`sir etuvchi, turlicha yot g’oyalardan himoyalanish qobig’ini hosil qiluvchi, mumkin qadar jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi vosita-tarixiy zarurat sifatida shakllanib, kundalik hayotimizning faol qismiga aylanib bormoqda.