psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya
qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha,
ontogenezdagi
individual
taraqqiyot
filogenezning
muhim
bosqichlarini
takrorlaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion
psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha
biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib,
insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‗rtasida uzviy bog‗liqlik
mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va
uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‗zg‗aluvchi, his-tuyg‗usi o‗ta
barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin
kirishuvchi, his-tuyg‗usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u
shaxs rivojlanishi davriga ko‗chirishga harakat qiladi, natijada o‗smirlarda sikloid
Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll
taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‗radilar va bu jarayonda
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‗zaro o‗rin almashinib turadi,
degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol
ko‗rinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz
biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u
jinsiy maylga (libidoga) bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: