Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

Rol
-shaxsga
nisbatan 
shunday 
tushunchaki, 
uning 
konkret 
hayotiy 
vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. 
Masalan, talaba rolini oladigan bo‗lsak, uni bajarish-u yoki bu oliy o‗quv yurtida 
taxsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a‘zo bo‗lish, 
stipendiya olib, mao‗muriyatning ijtimoiy ximoyasida bo‗lish kabi qator xuquqlar 
bilan birgalikda o‗sha oliygox ichki tartib-intizomi normalariga so‗zsiz 
bo‗ysunish, darslarga o‗z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida 
kundalik o‗zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo‗lish, dekanatning 
bergan jamoatchilik topshiriklarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o‗z 
ichiga oladi. Bu rolь uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli(ota va ona, 
yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya‘ni, konkret 
shaxsning o‗ziga hosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy 
rollarning xarakteridan kelib chiqadi. SHunga ko‗ra, kimdir «tartibli, ba‘mani, 
fozil, axloqli va odobli» deyilsa, kimdir-be‘mani, bebosh, o‗zgaruvchan, 
ikkiyuzlamachi(ya‘ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda-betartib) degan 
hayotiy mavqega ega bo‗lib qoladi. 
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko‗pligi sababli ham, turli 
vaziyatlardagi uning mavqei-statusi ham turlicha bo‗lib qoladi. Agar biror rolь 
shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‗zi uchun o‗ta ahamiyatli 


bo‗lsa(masalan, talaba rolьi), u boshqa rollarni unchalik kadrlamasligi va okibatda,
o‗sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi 
mumkin. Qolaversa, rollarning ko‗pligi ba‘zan rollar ziddiyatini ham keltirib 
chiqarishi mumkinki, okibatda-shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan 
kechirishi mumkin. Masalan, sirtdan taxsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab 
turgan korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini 
bilib, ruxiy azobga tushadi: bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi 
tomondan-kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham 
borib kelish. 
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat 
muhiti shaxsdan bir vaqtning o‗zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab 
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o‗zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun 
ba‘zan bir-biriga zid hislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur 
bo‗lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig‗i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan 
qaram bo‗lmaslik uchun, bir vaqtning o‗zida ham itoatkor, intizomli talaba va 
ishdan keyin esa-chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan 
sho‗g‗ullanishga majbur bo‗lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, 
doimiy intiluvchanlik va o‗z ustidan muttasil ishlashni talab qiladi. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin