Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


SHAXSNI O‘RGANISH BORASIDAGI NAZARIYALARI



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

SHAXSNI O‘RGANISH BORASIDAGI NAZARIYALARI
Biogenetik: (S.Xoll, E.Krechmer, Z.Freyd va boshqalar)
Sotsiogenetik: 
-Ijtimoiylashuv nazariyasi.
-O‘rganish nazariyasi
- Rollar nazariyasi
Psixogenetik: 
- Psixodinamik
-Koginitiv
-Personal 
Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan 
bo‗lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan 
o‗zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh 
omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning 
mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot 
jarayonining o‗zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va 
talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, 
biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‗ynagan. Biroq 


fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‗pol 
xatoliklarga yo‗l qo‗yilgan. Jumladan, biologik qonunga ko‗ra shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy 
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‗oya 
edi. Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo‗lmish amerikalik psixolog 
S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya qonuni"ni 
(filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi 
individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Biogenetik 
konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana 
tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. 
E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan 
tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan 
psixologik xususiyati o‗rtasida uzviy bog‗liqlik mavjud deb taxmin qiladi. 
E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid 
toifasiga xos (tez qo‗zg‗aluvchi, his-tuyg‗usi o‗ta barqaror), ikkinchi uchida 
shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‗usi 
cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga 
ko‗chirishga harakat qiladi, natijada o‗smirlarda sikloid xususiyatlari (o‗ta 
qo‗zg‗aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‗spirinlarda esa 
shizoidlik xususiyatlari) bo‗ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning 
namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik 
modeliga asoslanib ish ko‗radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va 
yangilanish sikllari o‗zaro o‗rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‗rinishi Zigmund Freydni 
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar 
bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‗liqdir. 
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‗lgan nazariya sosiogenetik nazariya 
hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro‗y beradigan o‗zgarishlar 
jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan 
o‗zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv 
nazariyasiga ko‗ra inson biologik tur sifatida tug‗ilib, hayotning ijtimoiy 
shartsharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. G‗arbiy Evropaning 
eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning 
mohiyatiga binoan jamiyat o‗zining har bir a'zosiga status (haq-huquq) deb 
nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. 
Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‗lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor 
xususiyatlarida o‗zgalar bilan munosabat muloqot o‗rnatishda sezilarli iz qoldiradi. 
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni 
egallash (mustaqil o‗zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan 


shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‗pincha ko‗nikmalarni 
egallash, bilimlarni o‗zlashtirishdan iborat bo‗lib, uning samarasi qo‗zg‗atuvchini 
uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning 
tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi. K.Levin tomonidan tavsiya 
qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (o‗z davrida) 
muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‗ra, individning xulqi 
(xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o‗tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar 
bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko‗lami va tayanch 
nuqtasiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham 
mavjud bo‗lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, 
balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb 
hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo‗nalishga ajratib tahlil qilish 
mumkin, chunki ularning har biri o‗z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida 
kechishi bilan o‗zaro tafovutlanadi. Psixologiyaning irrasional (aqliy bilish 
jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo‗lishi emosiya, mayl va shu kabilar 
yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur 
nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U 
shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o‗ziga xos betakror 
xususiyatga egaligini ta'kidlaydi. Kognitiv yo‗nalishning asoschilari qatoriga 
J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi 
ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‗lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari 
ta'limotini o‗z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik 
(tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko‗nikish) dan iborat bo‗lib, intellektning 
funksional invariantligi deb yuritiladi. Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning 
rivojlanishi 
muammosi 
L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida 
o‗z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shu?ullanuvchilar safi 
kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, 
rivojlanishning o‗ziga xosligi bo‗yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga 
ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda 
olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so‗ng 
ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini 
bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta'rif 
berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo‗nalishlarini ko‗rsatib 
berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); 
motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko‗ra munosabat (D.B.Elkonin); 
shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan 
pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, jahon va 
hamdo‗stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-


metodologik asosga ega bo‗lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab 
chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini 
ochishga muayyan hissa bo‗lib, xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni 
echishda keng ko‗lamda qo‗llaniladi. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin