Ularning shakllanishi va ongda o‗rnashishida ma‘lum ma‘noda ideallar ham rolь
o‗ynaydi. Ideallar-shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi
orzu-umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki
ularning paydo bo‗lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o‗sha ideallar obyekti
bilan shaxs imkoniyatlari o‗rtasida tafovut bo‗lishi mumkin. Masalan, o‗smirning
ideali otasi, u otasiday mashxur va el suygan yozuvchi bo‗lmoqchi. Bu orzuga
yaqin kelajakda erishib bo‗lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga
maqsadlar qo‗yib, unga erishish yo‗lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani
safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va dunyoqarash.
Qiziqishlar ham anglangan motivlardan
bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, olamlar,
ularning o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ularni
o‘rganishga imkon beruvchi omildir.
Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor,
maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo‗lishi, vaqt tomondan
barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo‗lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim
tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e‘tiqodini shakllantirishga asos
bo‗ladi. Chunki
e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, unga o‘z
Dostları ilə paylaş: