Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


qarashlari, printsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

qarashlari, printsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon 
beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni xurmat qiladi
. E‘tiqodning predmeti 
turlicha bo‗lishi mumkin-Vatanga e‘tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy 
normalarga, oilaga, go‗zallikka va shunga o‗xshash. 
E‘tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. 
Dunyoqarash
-tartibga solingan, yahlit ongli tizimga aylantirilgan bilim
tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z 
shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga 
sadoqatni, milliy kadriyatlar, an‘analarni e‘zozlashni, o‗z yaqinlariga mexribon va 
tanlagan yo‗liga-kasbi, maslagi va e‘tiqodiga sodiklikni nazarda tutadi. Yangicha 
fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, 
sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e‘tiqoddir. 
Elektr pyvandchi kasbini egallashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan yuqori sinf 
o‗quvchisi bu maqsadga yuksak darajada moyillik bildirgan holda bunday 
moyillikni har qanday va hatto buning ro‗yobga chiqarilishi uchun noqulay 
sharoitlarda (masalan, ota-onalari farzandining mo‗‘tabar tasavvurlarga mos 
keladigan boshqa kasbni egallashi kerak, deb hisoblab, mutaasiblik qilishgan 
paytlarda) ham saqlab qoladi. 
O‗quvchining xulq-atvorini yaxlit holda qarab chiqqan va uning psixologiyasini 
tahlil etgan holda uning barqaror mayllarini aniqlash lozim. Faqat shunday qilgan 
taqdirda o‗spirinning muayyan hatti-harakatni tasodifan yoki qonuniy tarzda 


qilgani haqida xulosa chiqarish, uning takrorlanish ehtimolini oldindan ko‗ra 
bilish, shaxsning hislatlaridan biri paydo bo‗lishining oldini olish va 
boshqalarining rivojlanishini rag‗batlantirish mumkin bo‗ladi. 
Shaxsning yo‗naltirilganligida anglangan motnvlar asosiy rol o‗ynaydi. Kishi 
ehtiyoj obyektini maqsad deb anglagan holda o‗zining shaxsiy maqsadlarini o‗zi 
kirgan jamoaning maqsadlari bilan bog‗laydi va o‗z maqsadlarini tegishli ravishda 
o‗zgartiradi, mazmunga tuzatishlar kiritadi, yoxud jamoaning, jamiyatning 
maqsadlariga mos kelmay qolgan taqdirda ularni niqoblaydi. 
Kishi faoliyatining natijasini hayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning 
o‗zigina emas, balkn ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob‘ektda ro‗yobga 
chiqishining realligi ham anglanilgan bo‗lsa, bu hol shaxsning istiqboli deb 
qaraladi. Istiqbollari kishi uchun shaxsiy istiqbol hisoblanadigan jamoa qanchalik 
ulkan bo‗lsa, kishi ham shunchalik go‗zal va ulug‗vor bo‗ladi». Jamoa bilan va shu 
asnoda alohida har bir o‗quvchi bilan ish olib boradigan edag‗gning vazifasi 
shunga ko‗ra mavjud istiqbollardan foydalanish va ularni asta-sekin yanada 
qimmatliroqlari bilan almashtirish yo‗li bilan yangi istiqbollar yaratishdan iborat 
bo‗ladi. 
Bu kishi maqsadiga erishish yo‗lida real tarzda bartaraf etib bo‗lmaydi, deb 
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to‗sqinliklarga, go‗vlarga duch 
kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning hulq-atvorida 
va uning o‗zini anglashida turli xil o‗zgarishlarga olib keladi.
Ijtimoiy xulqni tashkillash va boshqarishda uning alohida shaxsda individual 
namoyon bo‗lishi va guruhda ko‗chilik xulq-atvorida namoyon bo‗lish 
jihatlarining o‗ziga xosligini inobatga olish lozim. Ijtimoiy foydali mehnat bilan 
band bo‗lgan odamlar faoliyatini tashkillashda jamiyatning o‗ziga xos qadriyatlari, 
normalari mehnatga va bir-biriga munosabatini hisobga olish kerak.
Psixoiogiyada ijtimoiy xulqni tashkil etishda ikki bosqichni inobatga olish 
tavsiya etiladi: Vaziyatli va shaxsiy. Bu har bir xatti-harakatning bevosita 
shaxsning motivatsiyasidan kelib chiqish yoki real vaziyat mahsuli ekanligini tahlil 
qilishni nazarda tutadi.
Shaxs, uning dunyoni bilish, o‗zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, 
tushunishi va o‗zaro munosabatlar jarayonida o‗zidagi takrorlanmas 
individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga 
bog‗liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda 
yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. 
Ya‘ni, u tug‗ilgan onidan boshlab o‗ziga o‗xshash insonlar kurshovida bo‗ladi va 
uning butun ruhiy potentsiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‗ladi. Chunki 
agar insonning ontogenetik taraqqiyoti tarixiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, hali 
gapirmay turib, odam bolasi o‗ziga o‗xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va 


keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko‗rinishlarining faol obyekti va 
subyektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o‗rnimiz, 
uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‗lgani, jamiyatga qo‗shilib 
yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu 
jarayon psixologiyada 
ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya
deb yuritiladi. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin