Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


tarzda ish ko‘rishga dahvat etadigan motivyaar sistemasidir



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

tarzda ish ko‘rishga dahvat etadigan motivyaar sistemasidir. 
E‘tiqod shaklida namoyon bo‗ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat
tevarak-atrofdagi olam to‗g‗risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi 
tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy, estetik, ahloqiy, tabiiy-
ilmiy va hokazolar) ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil 
etgan taqdirda kishinnng dunyoqarashi safatida talqin qilinishi mumkin. 
Dunyoqarash sinfiy xarakterga ega.
E‘tiqodlarning evolyutsiyasi eng avvalo ularning mazmunli tomonlariga 
taalluqlidir. Ularda shaxsning dunyoqarashini ifoda etadigan xislatlar ko‗roq 
darajada namoyon bo‗la boshlaydi. Kishining fikrlari va go‗yalari, printsiplari 
uning butun hayoti mazmuni bilan, uning o‗zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi, 
uning qarashlari sistemasiga zarur tarkibiy qism sifatida kirgan bo‗ladi, kishi 
uchun alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi va shuning uchun ham u bu fikrlar va 
tsprintsiplarni qaror totirishga, ularni himoya qilishga, ularnn boshqa odamlar ham 
ma‘qul ko‗rishlariga erishish uchun qat‘iyan ehtiyoj sezadi. 
Hozirga qadar so‗z yuritilayotgan motivlar, avvalo, anglanilganligi bilan 
xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, motnv (sabab)lar paydo bo‗ladigan kishi 


uni faolvyatga nimalar da‘vat etayotganini, uning ehtiyojlari qanday ma‘no kasb 
etishini biladi. Lekin barcha motivlar ham bu kateg‗riyaga kiravermaydi. Inson 
ishlari va xatti-harakatlari sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi 
anglanilmagan motivlardan tarkib topadi. Endi ana shularni ko‗rib chiqamiz. 
Psixologiyada shaxsning yo‗l-yo‗riqlari uning yo‗riqlari u yoki bu ehtiyoji 
qondirilishiga yordam berishi mumkin bo‗lgan faoliyatga tayyorligining, 
moyilligining o‗zi tomonidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi. Yo‗l-yo‗riq 
ob‘ekt ni aynan muayyan tarzda idrok etish, tushunib etish va anglab olish yoki u 
bilan ish ko‗rishga o‗tmishdagi tajribada shakllangan shaylik va moyil-likdan 
iboratdir. D.I.Uznadze va uning xodimlari o‗tkazgan ajoyib tadqiqotlar shaxs xulq-
atvorini belgilaydigan qayd etalgan yo‗l-yo‗riqlarning shakllannsh jarayonini 
ko‗rsatib berdn. 
Masalan, birinchi sinf o‗quvchilarining muallimaga nisbatan uning har qanday 
ko‗rsatmasini bajarishga shayligi shaklida namoyon bo‗ladigan yo‗l-yo‗riqlari ana 
shundaydir. Bunda muallimaning har qanday hatti-harakatlariga, shu jumladan, 
biron bir boshqa kishida namoyon bo‗lganida bolalarning qarshi harakatini 
qo‗zg‗atashi mumkin bo‗lgan hatti-harakatlariga nisbatan ham hech qanday 
tanqidiy yondashish bo‗lmaydn. 
Ko‗pgina yo‗l-yo‗riqlarning mohiyatini tashkil etadigan n‘xolislik e kishining 
shaxsiy tajribasidagi ba‘zi faktlar-dan shoshilinch va etarli darajada asoslanmagan 
xulosalar chiqarilishining oqibati hisoblanadi, yoxud bu tafakkur stereotiplarining-
muayyan ijtimoiy guruhda qabul qilingan standartlashtirilgan mulohazalarning 
natijasi bo‗ladi. 
Ijtimoiy hayotning turli faktlarn (hodisalar, odamlar va boshqalar)ga nisbatan 
yo‗l-yo‗riqlar ijobiy bo‗lishi ham (vrachning barcha ko‗rsatmalarini bajonidil va 
aniq bajaradigan bemor umuman tibbiyotga va qolaversa, uni davolayotgan 
doktorga nisbatan ijobiy munosabatga asoslanadigan yo‗l-yo‗riqqa amal qiladi) va 
noto‗g‗ri tushuncha tusini olgan holda salbiy bo‗lishi ham mumkin. 
Psixologik tadqiqotlar yo‗l-yo‗riqning tuzilishi uchta tarkibiy qism (kichik 
tuzilish)dan iboratligini ko‗rsatdi, Bular: kishining bilib olishga va idrok etishga 
tayyor qiyofa (obraz) dan iborat bo‗lgan kognitiv (lotincha sodisho — bilish degan 
so‗zdan olingan) kichik tuzalish, yo‗l-yo‗riq ob‘ekt iga nisbatan xayrihohlik va 
xush ko‗rmaslik hislatlari komleksidan iborat bo‗lgan hissiy-baholash kichik 
tuzilishi, yo‗l-yo‗riq ob‘ekt iga nisbatan muayyan tarzda harakat qilishga, irodaviy 
kuch-g‗ayratlarni safarbar etishga shaylikdan iborat bo‗lgan xulq-atvor kichik 
tuzilishidir. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin