yaqinga mo‗ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta‘minlaydi.
Maqsad va rejasiz inson-ma‘naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‗zining
anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‗liqligi bilan xarakterlanadi.
Ularning shakllanishi va ongda o‗rnashishida ma‘lum ma‘noda ideallar ham rolь
o‗ynaydi.
Ideallar-shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan
tashqaridagi orzu-
umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning
paydo bo‗lishiga sabab
bevosita tashqi muhit bulib, o‗sha ideallar Obyekti bilan
shaxs imkoniyatlari o‗rtasida tafovut bo‗lishi mumkin. Masalan, o‗smirning ideali
otasi, u otasiday mashxur va el suygan yozuvchi bo‗lmoqchi. Bu orzuga yaqin
kelajakda erishib bo‗lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga
maqsadlar
qo‗yib, unga erishish yo‗lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga
yordam beradi.
Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo‗lib, ular
shaxsni atrofida ro‗y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o‗zaro
munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‗plash, ularni o‗rganishga imkon
beruvchi omildir. Qiziqishlar
mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan
professional, bevosita yoki bilvosita bo‗lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki
vaqtinchalik bo‗lishi mumkin. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular
shaxs dunyoqarashi va e‘tiqodini shakllantirishga asos bo‗ladi.
Chunki
e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‗nalishiki, unga o‗z qarashlari, printsiplari va
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e‘tiqodli
insonlarni xurmat qiladi. E‘tiqodning predmeti turlicha bo‗lishi
mumkin-Vatanga
e‘tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‗zallikka va shunga
o‗xshash.
E‘tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: