bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya‘ni, bu baho ko‗proq shaxsning o‗ziga bog‗liq
bo‗lib, u subyektiv xarakterga egadir.
O‗z- o‗ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin(adekvat), to‗g‗ri bo‗lishi, balki u o‗ta
past yoki yuqori ham bo‗lishi mumkin.
O‘z- o‘ziga bahoning past bo‘lishi
ko‗pincha atrofdagilarning shaxsga
nisbatan qo‗yayotgan talablarining o‗ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil
e‘tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‗qishda va muomala jarayonidagi
muvaffaqiyatsizliklar okibatida hosil bo‗lishi mumkin. Bunday o‗smir
yoki katta
odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda
yurishga
harakat qilishi, o‗zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik
kayfiyatida bo‗lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar
va hatti-harakatlarning paydo bo‗lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal
harakatlar, ya‘ni o‗z
joniga kasd qilish, real borligidan «kochishga» intilish
psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: