Mavzu. Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor (1 ma’ruza) Reja


- shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishini o‘rganish



Yüklə 476,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix26.12.2023
ölçüsü476,88 Kb.
#197704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Ma\'ruza matni. 11-12- mavzu Shaxs ijtimoiylashuvi

- shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishini o‘rganish
jarayonida aniqlanadi. 
O‘ziga o‘zi baho berish-shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z 
imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho 
berilshidir
. Bu shaxsniig o‗zini anglab etishining psixologiyasidagi ancha muhim 
va eng ko‗ o‗rganilgan jihati hisoblanadi. o‗ziga o‗zi baho berish orqali shaxsning 
xulq-atvori to‗g‗rilanib, tartibga solib turiladi. 
«Men»-obrazi va o‘zini- o‘zi baholash
. «Men»-obrazi asosida ham bir 
shaxsda o‗z- o‗ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga 
mos tarzda har xil bo‗lishi mumkin. O‗z- o‗ziga nisbatan baho turli sifatlar va 
shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‗liq holda 
turlicha bo‗lishi mumkin. Ya‘ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa
boshqasi ta‘sirida-aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga 
boshqalarning real munosabatlariga bog‗liq bo‗lsa-da, aslida u shaxs ongi 
tizimidagi mezonlarga, ya‘ni, uning o‗zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni 
qanchalik kadrlashiga bog‗liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan
o‗qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o‗z- 
o‗ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‗qituvchining salbiy munosabati ham bu 


bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya‘ni, bu baho ko‗proq shaxsning o‗ziga bog‗liq 
bo‗lib, u subyektiv xarakterga egadir. 
O‗z- o‗ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin(adekvat), to‗g‗ri bo‗lishi, balki u o‗ta 
past yoki yuqori ham bo‗lishi mumkin. 
 O‘z- o‘ziga bahoning past bo‘lishi
ko‗pincha atrofdagilarning shaxsga 
nisbatan qo‗yayotgan talablarining o‗ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil 
e‘tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‗qishda va muomala jarayonidagi 
muvaffaqiyatsizliklar okibatida hosil bo‗lishi mumkin. Bunday o‗smir yoki katta 
odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda 
yurishga harakat qilishi, o‗zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik 
kayfiyatida bo‗lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar 
va hatti-harakatlarning paydo bo‗lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal 
harakatlar, ya‘ni o‗z joniga kasd qilish, real borligidan «kochishga» intilish 
psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. 

Yüklə 476,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin