degan savolga « o‗zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu
anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi.
Agar shaxs biror
kasbga ongli tarzda kizikib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil
harakat kilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‗ladi, ya‘ni, dispozitsiya anglangan,
ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan
motiv
-konkretroq tushuncha bo‗lib, u shaxsdagi u yoki bu
hulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni
nazarda tutadi. Mashxur nemis olimi
Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa,
shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida katta keng kamrovli tadqiqotlar olib
borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‗ziga hos tarzda u yoki bu vaziyatni
idrok qilish va baholashga moyil bo‗ladi. SHunisi ajablanarliki, o‗sha bir konkret
vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‗ladi. Bundan
tashqari, bir shaxsning o‗zi ham o‗zidagi holat, kayfiyatga bog‗liq holda bir xil
vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‗larkan. SHuning
uchun
ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‗sha ma‘lum sharoitdagi ichki va
tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi sifatida qaramay, balki
unda shunga o‗xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik-dispozitsiyaning
mavjudligi bilan tushuntirish to‗g‗riroq bo‗ladi. SHu ma‘noda
shaxs hulqining
motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar,
hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta‘sirida shakllanadigan sabablar
kompleksini o‗z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: «Materiallarning
qarshiligi» nomli kurs bor deylik. SHu kursni o‗zlashtirish va undan sinovdan
o‗tish ko‗pchilikka osonlikcha ro‗y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh
talabalarda shu kurs va uning talablariga
nisbatan shunday ustanovka
shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o‗qituvchi o‗ta talabchan,
kattikqo‗l va xokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari
boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan
keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishkok talaba uchun bu
fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‗z vaqtida darslarni tayyorlashni
talab kilsa, boshqasi uchun(dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‗q
va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya‘ni, maqsadli
hayotda shaxsda avval u yoki bu extiyojlar ppaydo bo‗ladi va aynan ularning
tabiati va zaruratiga bog‗liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‗ladi. Misol uchun
talabaning o‗quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish,
kiziquvchanlik extiyojini ppaydo qiladi. Bu extiyoj taraqqiyotning ma‘lum bir
davrida, masalan, bog‗cha yoshidan boshlab koniqtirila boshlaydi.
Bolaga sotib
olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‗quv kurollari, ma‘lum ta‘lim maskanida
tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan
faoliyatning o‗zi, bola uchun motiv o‗rnini bosadi. Yana bir oddiy misol:
qo‗lingizda kitob bor. Siz hali uni o‗qishni boshlamadingiz. Lekin o‗qish istagi
bor, shu istakning ortida esa, o‗sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish
extiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha
tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi
mavjud ehtiyojlarni ikki
guruhga bo‗lish mumkin:
Biologik ehtiyojlar
-bu-fiziologik(tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv
extiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar
-bu-mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma‘naviy
extiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‗lganimiz bilan shu narsani
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday extiyojlar ham ijtimoiylashgan
bo‗ladi, ya‘ni, ular o‗sha jamiyat va muhitdagi kadriyatlar, madaniy normalar va
insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‗liq bo‗ladi. Masalan,
eng tabiiy va
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo‗lgan extiyojimizni olsak, u
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol
uchun, tUy marosimlari yoki juda t o‗qin dasturxon atrofida o‗tirgan odam nima
uchun shunchalik ko‗p ovqat istehmol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu
tabiat qo‗yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‗lsa-chi, bir burda issik non ham
butun tanaga rohat bahsh etuvchi malham bo‗lib, ochlikni bilintirmaydi.
Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‗rgangan kishi oz-oz yeyishga o‗rgansa,
yoshligidan normadan ortiq yeb o‗rgangan odam vrach oldiga borib, o‗zi uchun
ozdiruvchi dori-darmon so‗rasa so‗raydiki, lekin uyda o‗zi yemishini nazorat
qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga
bevosita bog‗liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni
yoki elementi ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: