Qiziqish motiv singari borliqning mo’'jizakor tomonlarini bilishga, fan
asoslarini egallashga, faoliyatning turli tuman shakllariga nisbatan ijodiy
yondashishni
vujudga keltiradi, mehnatga, ta'limga mas'uliyat bilan munosabatda
bo’lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsga ishchanlik, g’ayrat-
shijoat, engilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlarni
yaratadi. Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib
chiqqan holda yondashil-
ganda, qiziqish, insonga intilish, faollik, ichki turtki ehtiyojni ro’yobga chiqarish
manbai, rolini bajaradi.
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan L.A.Dobrinin, N.D.Levitov,
M.F.Belyaev,
L.A.Gordon,
L.I.Bojovich,
N.G.Mordova,
M.G.Davletshin,
M.V.Voqidov, E.G.Goziev va boshqalarning nazariy metodo-logik xususiyatga ega
bo’lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi
- bu odam-lar
tomonidan anglab etish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini,
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob'ektiv borliqdagi narsa va
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash,
tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi
tufayli yuzaga keladi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini
qondirgandan keyin unda
yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish (
praksik) hissini vujudga keltiradi, buning natijasida frustrasiya (ruhiy tushkunlikka
tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi-uning irodaviy
sifatlar bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan
qaror bo’yicha intilish, ba'zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillikni namoyon qilish
xususiyatini qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi.
Qiziqishni
psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishiuni oliy nerv faoliyati xususiyatlari va
temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.
qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to’g’risida mulohaza yuritilganda,
dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limotini ta'kidlab
o’tish joiz, uning "bu nima?"
refleksi, ya'ni orientirovka (mo’ljal olish) refleksi
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov
va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov,
V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv - fiziologik
mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po’stloqida orientirovka refleksi
negizida murakkab muvaqqat boqlanishlarning
vujudga kelishidir, degan tarzda
talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari
Dostları ilə paylaş: