ko’rsatma berishdir . Bu masala gruzin psixologi
D.N.Uznadze va uning
xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma'lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi.
Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir
necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni
ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir.
Malaka - deb avval ongli bajarilib,
keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-
qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab
bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi.
Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar
ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan
harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar.
Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish
kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning
hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik
stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan
shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi,
chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi
malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi.
Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda
qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa
malakalar