N.I.Raynvaldning
fikricha,
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil
qilinishi lozim:
1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;
2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;
3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining
jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning
izohlashicha,
faollikning
regulyasiyasida
psixik
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql
(intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs
tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa
ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi
A.R.Luriyani
miya faoliyatining uch
blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda
informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki
bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida
"energetik" blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari,
harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-
muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr
mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning
o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi
ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: |