Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan
ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu
masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning
psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy
izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan
shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi.
AQSH psixologi
G.Olportning
fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik
qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va
dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda
qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan
yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin
egallaydi.
Psixologlardan
Dostları ilə paylaş: