Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Shaxsni
individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi
fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog
K.K. Platonov
shaxsni "konkret odam
yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir",
L.I.Bojovich
esa "odam o’zini anglash
jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb
ta'kidlaydilar.
A.N.Leontevning
"Faoliyat, Ong, Shaxs"
degan kitobida shaxs
haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi,
har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida
qoladi".
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy
munosabatlarning sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan
ongli
mavjudot sifatida e'tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi,
ijtimoiy tarixiy
jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi
predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning
yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning
ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya
hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi
keltirib
chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning
xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
B.G.Anan'evning
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish
jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish
tajribasining dastlabki
ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan
Dostları ilə paylaş: