M u ra k ka b so 'z b irikm alarida— tobe so'z o'ziga qarashli bo'laklar bilan kengayib keladi va gapda so'z birikmalari zanjirini hosil qiladi. So'zbirikmasidagi hokim so'z boshqa bir so'zga tobelangan, bir hokim so'z bir necha tobe so'zlarga aloqador bo'lganda yoki bitta tobe so'z bir necha hokim so'zlarga aloqador bo'lganda so'z birikmalari zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta so'roqqa javob bo'ladi. Bunday birikmalar tarkibida mustaqil so'zlar soni uch yoki undan ortiq bo'ladi va ular o'zaro tobelanadi.