Otli birikmalar Otli so`z birikmasida hokim so`z ot va otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi.
1
Ot
Shaharning ko`chalari, go`zal qiz, aqlli bola
2
sifat
asalday shirin, qorday oppoq
3
Son
hammadan birinchi, sananing o`ninchisi
4
Olmosh
talabalarning hammasi
5
Ravish
unda kam
6
Taqlid so`z
ustaning taqar -tuquri
7
Undov so`z
qo`shnining dod-voyi
Fe`lli birikmalar
Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi:
1
Ravishdosh
Buyruqni bajarib, onasini o`ylab
2
sifatdosh
tez kelgan, chiroyli yozgan
3
Harakat nomi
jurnalni o`qimoq, radio eshitmoq, daftarda yozmoq
4
Sof fe`l
uyga bor
SO'Z BIRIKMASI VA UNGA YONDOSH HOLATLAR
Qo`shma so`z
qismlar birikuvi shakliy jihatdan o'xshash boiadi va bitta umumiy lug'aviy m a’no anglatadi.qismlari orasida esa grammatik aloqa bo'lmaydi, bitta urg’u bilan aytiladi.
qo`shma so`zga bitta so`roq beriladi . masalan: sotib olmoq ( nima qilmoq?)
So`z birikmasi
qismlar m a’no mustaqilligini saqlagan boiadiSo'z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi. so`z birikmasida ikkita so`roq berish mumkin.
Masalan: jo`shib kuylamoq ( qanday ?jo`shib, nima qilmoq ? kuylamoq)
Iboralar turg'un bog'lanmalar b o iib , ular yaxlit bitta lug'aviy ma’no anglatadi.
kapalagini uchirmoq, tarvuzi
qo ‘ltig‘idan tushmoq, qulog‘iga quymoq, boshiga yetmoq.
So'z birikmasi qismlari o'zaro erkin bog'langan bo`ladi.
Gap bilan so`z birikmasinig farqi
Gap
So`z birikmasi
Gap fikr bildirib tugallangan ohang bilan aytiladi.
so`z birikmasi tushuncha bildirib tugallanmagan ohang bilan aytiladi.
Masalan:Ko`cha katta
katta ko`cha
Gap bitta so`zdan ham iborat bo`lishi mumkin va u kesimlik qo`shimchasi bilan shakllangan bo`ladi. Masalan: Bahor.
So`z birikmasi esa har doim kamida ikkita mustaqil so`zdan iborat bo`ladi.
yam- yashil libos.
SO‘Z BIRIKMASIDA SO'ZLARNING OZARO BIRIKISH USULLARI
So‘z birikmasi
Moslashuv Boshqaruv Bitishuv
Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qo‘shimchasi orqali birikuvi moslashuv deyiladi:
Masalan: sizning ukangiz, xonaning yorug‘i.
Ba’zan egalik yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qo ‘llanilishi mumkin:
Masalan: yoz yom g'iri (yozning yom g'iri), c h o ‘l havosi, qor jilvasi; bizning uy, sizning о ‘g'il.