Mavzu: smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari


CMS‟da maqsadga yo„naltirilgan veb-sayt yaratish



Yüklə 240,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix22.12.2023
ölçüsü240,09 Kb.
#189343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Mavzu smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Tel

CMS‟da maqsadga yo„naltirilgan veb-sayt yaratish
Barchaga ma'lumki, butunjahon tarmog'idagi veb-sahifalar kundan kunga ko'payib 
bormoqda. Bu holat O'zbekistonda, ya'ni Uznetda ham jadallik bilan amalga 
oshmoqda. Kimdir o'z shaxsiy sahifasini yaratsa, kompaniya va firmalar korporativ 


saytlarini yaratmoqda. Yana kimdir o'z kundaliklarini, ya'ni bloglarini olib 
boradilar. 
Shu bilan birga, yirik portallar faoliyati ham rivojlanmoqda. Bularning hammasi 
esa biror dasturiy vosita yordamida yaratiladi. Kimdir HTML tilida, kimdir PHP 
da, yana kimlardir CMS deb ataluvchi tizimlar yordamida veb-saytlarni 
yaratmoqda. Xo'sh, CMS degani o'zi nima? Bu tizimni nima ekanini tushunish 
uchun, keling, avvalo, veb-sahifalar qanday yaratilishi haqida bilib olamiz. 
1989-yilda Tim Berners-Li tomonidan World Wide Web, ya'ni Bununjahon 
o'rgimchak to'ri ixtiro qilinganidan boshlab uning har bir foydalanuvchisi oddiy 
bo'lsa-da, o'z veb-sahifasini yarata olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Lekin, buning 
uchun HTML (Hyper Text Markup Language) tilini bilish shart edi. Turli xil IT-
kompaniyalari tomonidan bu ishni osonlashtiruvchi bir qancha dasturiy paketlar, 
jumladan Adobe Dreamweaver va Microsoft FrontPage kabilar yaratildi. Bunday 
dasturlardan ba'zilari sayt yaratishning barcha bosqichlarini (HTML-kodni 
yozishdan bu kodni serverga yuklashgacha) boshqarishni o'z zimmasiga oladi. Shu 
bilan birga, ko'pgina hollarda (aynan oddiy sahifalarni yaratishda) foydalanuvchi 
bu kodni bilishi shart bo'lmagan. Sababi bu dasturlarda veb-sahifalarni 
yaratishning vizual usullaridan foydalanilgan. 
Biroq, HTML-redaktorlarining barcha afzalliklariga qaramay, saytni boshqarish 
vaqt o'tgani sayin va yangi ma'lumotlar qo'shilishi bilan qiyinlashib boraverdi. 
Chunki axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan veb-saytlar ham rivojlanib bordi. 
Sayt xaritasini yaratishdek oddiy funksiyani qo'shish uchun ham veb-yaratuvchilar 
tomonidan ancha-muncha mehnat talab etilar edi. Axir buning uchun barcha 
ilovalarni ko'rib chiqish, sahifalar orasidagi bog'liqliklarni tekshirish, menyuni 
yaratish, forumni qo'shish kabi ishlarni bajarish lozim edi. Bu esa doimiy diqqatni 
va juda ko'p vaqtni talab etardi. 
Sayt yangilanishi muammosini, ya'ni yangilanishning avtomatlashtirishini hal 
qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi 
dasturiy ta'minot yaratish ishlarini boshlashga majbur bo'ladi. Bu dasturiy 
ta'minotlar kontentni (ma'lumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS – Content 
Management System) deb ataldi. 

Yüklə 240,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin