Mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Psixoanalitik konsepsiyanima?
2. K.K.Platonov shaxs tizimi jabhalari haqida gapiring?
3. Ijtimoiy psixologiyada interaksionistik yo‘nalish asoschisi kim va bu yo‘nalishning mazmunini ayting.
4. Kognitivizm yo‘nalishining o‘rganish obyekti nima?
5. Gumanistik psixologiyaning asosiy printsiplarini ajratib koʻrsating?
6. Gumanistik psixologiyaning asosiy tamoyillarini aytib bering?
7. K.Rodjersning insonparvarlik kontseptsiyasi haqida gapiring?
8. "Maslou piramidasi" nazariyasining mazmuni nima?
Mavzu yuzasidan testlar. 1. Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga nisbatan ijtimoiy psixologiyaning qanday turi mavjud?
A. Psixologik ijtimoiy psixologiya
B. Sotsiologik ijtimoiy psixologiya
C. Umumiy ijtimoiy psixologiya
D. A va V javoblar to‘g‘ri
2. Shaxs shakllanishining psixik tuzilishini uch asosiy qismini Id («U»), Ego («Men»), Superego («Oliy Men»)ga ajratib ko‘rsatgan olim.
A. D. Mid
B. A.N.Leontev
C. I.S.Kon
D. Z. Freyd
3. G.M.Andreyevaning fikriga ko‘ra shaxs shakllanishi qaysi sohalarda amalga oshadi?
A. o‘yin, faoliyat, muloqot
B. faoliyat, muloqot, o‘z-o‘zini anglash
C. ta iim , muloqot, faoliyat
D. muloqot, faoliyat va tarbiya
4. "Odamlar uyushmasi, korporatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning obyekti esa sotsial ta`sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlarsotsial psixologiya o`rganishi kerak bo`lgan sohalardir". Ushbu fikr muallif(lar)i kim?
A. G.Gibsh va M.Forverg
B. G.P.Predvechniy va Yu.A.Sherkovin
C. E.Ross va G.Gibsh
D. U.Mak-Dugall va E.Ross
5. Qaysi kitobda sotsial psixologiyaning predmeti " ...... obyektiv borliqning va unda ro`y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o`ziga xos tarzda in`ikos etilishidir" deyiladi?
A. "Sotsial psixologiya" (G.P. Predvechniy, Yu.A.Sherkovin)
B. "Sotsial psixologiyaga kirish" (U.Mak-Dugall)
C. "Sotsial psixologiya" (E.Ross)
D. "Jamoaning sotsial psixologiyasi" (A.V.Petrovskiy, V.V.Shpalinskiy)