mavzu soat juftlik maktabgacha yoshdagi bolalarga ijtimoiy ta’limning zaruriyati tаyаnch sо’zlаr



Yüklə 250,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.11.2022
ölçüsü250,39 Kb.
#69840
  1   2   3   4   5   6
7 dars Ma\'ruza matni — копия — копия — копия — копия



  
7-MAVZU 2 SOAT 1 JUFTLIK 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA 
IJTIMOIY TA’LIMNING ZARURIYATI 
 

Tаyаnch sо’zlаr: ijtimоiy tа’lim, ijtimоiy vа shаxsiy rivоjlаnish, ijtimоiy 
tаrbiyаlаsh, mеxаnizmlаr, mаqsаd vа vаzifаlаr, аssimilyаtsiyа, ijtimоiy tаlаb, 
ijtimоiy mаvjudоt, biоlоgik vа ijtimоiy оmillаr. 
Reja: 
7.1. Ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish murakkab jarayon sifatida. 
7.2. O’z-o’zini bilish va uning ijtimoiy hayotdagi o’rni. 
7.3. O’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchlari 
sifatida faoliyatning roli. 

7.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiyasi. 


Mashg`ulot maqsadi:- talabalar maktabgacha yoshdagi bolalarga ijtimoiy 
ta’limning zaruriyatini, muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha 
tashqi ta’sir tushunilishini. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi 
yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib 
chiqadi. 
Mavzuni o’rganish natijasida talaba: mavzuga doir bilim, ko’nikma va 
malakalarini rivojlantiradi.

Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. Мудрик А.В. Социальное воспитание как единство образования, 
организации социального опыта и индивидуальной помощи // Новые 
ценности образования. – 2015. – № 3. – С. 57-60.
2. Синцова Л.К. Социальное воспитание: опыт социально–
философского анализа: монография / Л.К. Синцова. Барнаул: БГПУ, 2016. – 
290 с


7.1. IJTIMOIY VA SHAXSIY RIVOJLANISH MURAKKAB JARAYON 
SIFATIDA. 
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan 
buyon davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli 
bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri 
yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini 
belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 
tarbiyaning rolini inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga 
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik 
olim E.Torndaykdir. 

Yüklə 250,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin