III.YANGI MAVZU BAYONI 291-mashq.Matnni o‘qing, undagi g‘oya to‘g‘risida bahslashing.Olmoshlarni topib, izohlang. Sizga ta’zim, onajon! Ona Yer, ona Quyosh, Sizlarga ta’zim! Menga to‘yib-to‘yib kuladigan, yiglaganda esa to‘yib-to‘yib yiglaydigan qalb ato etdingiz. Hech qachon kulgim ham, yig‘im ham soxta bo‘lmaydi, hech qachon kemtik baxtni baxt demadim, birovlardan qolgan- qutgan baxt bilan kifoyalana beradiganlar qatorida hech qachon turmadim. Kulganda dunyoni kulgiga, yiglaganda dunyoni yig‘iga toldirdim. Sizga ta’zim, onajon! Sizlarga ta’zim ona Yer, ona Quyosh! (Yo'ldosh Sulaymon) 292-mashq. Gaplarni o‘qing. Olmoshlarni toping, ularga egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘shilishiga diqqat qiling. 1. Ularning ba’zilari akamning o‘rtoqlari edilar, men bilan socrashdilar. (Abdulla Qodiriy) 2. Biz, yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketamiz. (G'ajur G'ulom) 3. Hotamjon jilmaydi: — Biz tomonlarda deyarli dim. (O'.Umarbekov) 4. Yuringlar, — dedi kampir o‘midan turib. Keyin mening yelkamga qoqdi: — Sen ham yur, shirin bola. (O'.Umarbekov) 5.Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman.(X. To'xtaboyev) TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR So‘roq olmoshlariga misollar ayting.
Belgilash olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
Gumon olmoshlari deb nimaga aytiladi?
Bo’lishsizlik olmoshlari qaysilar?
UYGA VAZIFA: 294-mashq.UygavazifaQuyidagi bayt asosida matn tuzing.Unda ishlatgan olmoshlaringizga izoh bering. So'zchi holin boqma, boq socz holini, Ko'rma, kim der oni, ko'rgin kim ne der.(Alisher Navoiy) VII “A” “B” sinf Ona tili № 29.04.2015
Mavzu:EGALIK VA KELISHIKSHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNITAKRORLASH