sodda olmoshlar — faqat bir asosdan iborat bo‘lgan olmoshlar
qo‘shma olmoshlar — ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar
juft olmoshlar — bir-biriga mazrhunan yaqin bo‘lgan olmoshlar ¦ takroriy olmoshlar — bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan (masalan, uncha-muncha) takrorlanishidan tashkil topgan olmoshlar
ismlar — egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar
lug‘aviy shakl — ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma'nolarini bildiruvchi qismi
munosabat shakli — ismlarning egalik, kelishik, -man,-san,-dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakli
egalik qo‘shimchalari — ismlarga qo‘shilib, asos qismdan ifodalangan .
narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarash-
liligini bildirgan qo‘shimchalar
kelishik shakllari — ismlarni boshqa so‘zlarga tobelashtirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi shakllar
turlanish — ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda
kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi
qaratqich — qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z
qaralmish — qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z
bog‘lamalar — ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
mustaqil so‘zlar — atash ma'noli so‘zlar yoki ular o‘rnida qo‘Uanilib, ma'lum so‘roqlarga javob bo‘luvchi va gapda ma'lum gap bo‘lagi vazifasida keluvchi so‘zlar
yordamchi so‘zlar — atash ma'nosiga ega bo‘lmagan, ma'lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasida kelmaydigan so‘zlar
ko‘makchi — ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib,
ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, |
singari, orqali, sayin kabi so‘zlar
sof ko‘makchilar — atash ma.'nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zibirikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelashtirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan ko‘makchilar
vazifadosh ko‘makchilar — ayrim mustaqil so‘zlarning ko‘makchi vazifasida qo‘llanilishi