Mavzu: Sof va vazifadosh yuklamalar



Yüklə 440,31 Kb.
səhifə37/39
tarix16.05.2023
ölçüsü440,31 Kb.
#113654
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
7-sinf-ona-tili

III.YANGI MAVZU BAYONI:
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi
32-o‘rta maktab direktori X.Rahmonovaga
9-sinf o‘quvchisi Odiljon Karimovdan
ARIZA
Ota-onam bilan birga Xonqa tumani Yangiobod qishlog‘iga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganimiz sababli, meni maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman.

2005-yil 10-avgust (imzo) O. Karimov


Buxoro DU filologiya fakultetining 3-kurs


talabasi, 1985-yilda tug‘ilgan, o‘zbek
Xolidaxon Xolboyeva Komilovnaga
TAVSIFNOMA
Xolidaxon Xolboyeva o‘rta maktabni tugatgach, 2002-yilda filologiya fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdi.
Universitetda o‘qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va tirishqoq talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qildi.Tilshunoslik fanlariga alohida qiziqdi.U 2003-yilning aprel oyida talabalarning Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasida ma'ruza bilan qatnashdi.Ma'ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
X. Xolboyeva fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning «Yosh tilshunos» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.
U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, do‘stlariga mehribonligi sababli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Tavsifnoma Buxoro shahar hokimiyatiga taqdim qilish uchun berildi.

Dekan: (imzo) M. Halimov


Kasaba uyushmasi raisi: (imzo) I. Yo‘ldoshev


(muhr) (sana)
MA'LUMOTNOMA
Sohiba Oripova Furqat qizi Samarqand shahar Istiqlol ko‘chasi, 13-uy 37-xonadonda yashaydi.
Ma'lumotnoma Samarqand Davlat universitetiga taqdim etish uchun berildi.

«Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi: ( imzo) Yu. Shokirov


Kotibi: (imzo) A. Xolmatov


ISHONCHNOMA
Men Qarshi shahar, Sohibqiron Temur ko‘chasi, 37 «a»-uy, 8- xonada yashovchi Sayyora Jonboyeva singlim Xolida Jonboyevaga shaharning 7-aloqa bo‘limida mening nomimga kelgan pochta jo‘natmasini olish uchun ishonch bildiraman.

2005-yil 1-fevral (imzo) S. Jonboyeva


S. Jonboyeva imzosini tasdiqlayman.
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i (imzo) X. Jo‘rayev
(muhr)
2005-yil 1-fevral

o‘quvchilarga berilgan namunalar asosida sinfdoshlariga ariza, tavsifnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma yozish topshiriladi.





Yüklə 440,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin