Mavzu: Sohadagi texnik tizimni ifodalovchi vizuallashtirish muhandislik masalalarini yechish


Foydalanuvchi masalani ta’riflashi, boshlang’ich ma’lumotlarni berishi va natijani chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya



Yüklə 284,78 Kb.
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü284,78 Kb.
#113796
1   2   3   4   5   6
Sohadagi texnik tizimni ifodalovchi muhandis masalalarini yechis-fayllar.org

Foydalanuvchi masalani ta’riflashi, boshlang’ich ma’lumotlarni berishi va natijani chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Paskal algoritmik tili. Asosiy konstruksiyasi.
Ma’lumotlarning sodda toifasi.
XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini yaratgan fransuz olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan Paskal tili Shveytsariyaning Syurix shahridagi Oliy texnika maktabining professori Niklaus Virt tomonidan 70-yillarda yaratilgan bo’lib, 1979 yilda standart Paskal deb tasdiqlangan.
O’zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraliligi tufayli bu til butun dunyoga tezda tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikrokompyuterlar ham shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to’g’riligini osonlik bilan tekshirish mumkinligi, ularning ma’nosi yaqqol ko’zga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.
Paskal tili ancha murakkab va ko’p vaqt oladigan hisoblash ish larini bajarishga mo’ljallangan tarkiblashtirilgan dasturlar tuzishga imkon beradi. Yana bir afzalligi shundan iboratki, foydalanuvchi xatolikka yo’l qo’ymasligi uchun yoki xato yozib qo’ygan bo’lsa, tez tuzatib olishi uchun dasturda ishlatilgan o’zgaruvchilar oldindan qaysi turga (toifaga) mansub ekanligi belgilab qo’yilgan bo’ladi. Shu bilan birga dasturning barcha elementlari haqida ma’lumot tavsiflash bo’limida mujassamlashgan bo’ladi. Operatorlar soni esa minimal darajada kamaytirilgandir.
Paskal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat: ⮚ 26 ta lotin harflari;
⮚ 0 dan 9 gacha arab raqamlari;
⮚ 32 ta kirill harflari;
⮚ maxsus belgilar - (Q,-,*,G’,:,;,[.],[,],q,>,<) ni o’z ichiga oladi.
Paskal tilida so’z deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb Paskal tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma’noni anglatadi va uni ma’lumotlarga berib bo’lmaydi. Masalan, Program, Begin, End va h.k.
Paskal tilidagi ma’lumotlarning elementlari bo’lib o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, izohlar xizmat qiladi.

O’zgaruvchilar deb - hisoblash jarayonida o’z qiymatini o’zgar tiradigan kattaliklarga aytiladi. O’zgaruvchilarning nomlari (identifikatorlar)- harflardan yoki harf va raqamlardan iborat bo’ladi. Belgilar soni 8 tadan oshmasligi kerak.
O’zgarmaslar (const) deb hisoblash jarayonida o’z qiymatini o’zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi. Bularga ham o’zgaruvchilar kabi nom beriladi.
Izohlar - dasturning ma’lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi, ya’ni dasturning biror blokini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi. Izoh (*,*) yoki {} simvollari orasida beriladi. Katta qavslar {*,*} va [*,*] lar ham ishlatilishi mumkin.


Yüklə 284,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin