Mavzu: sql server muhitida “Mohiyat aloqa” modeli asosida ma’lumotlar bazasini yaratish



Yüklə 227,18 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü227,18 Kb.
#130211
Mavzu sql server muhitida “Mohiyat aloqa” modeli asosida ma’lum


  1. laboratoriya ishi

Mavzu: SQL Server muhitida “Mohiyat aloqa” modeli asosida ma’lumotlar bazasini yaratish
Ishdan maqsad. Informatsion ma’lumot bazasini modelini ishlab chiqish uchun predmet sohani tekshirish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash.
Nazariy qism
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB) - deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal qilinadi.
Ob’ekt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘ladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar to‘plami MBga misol bo‘ladi.
Sub’ekt – bu ma’lumotlar bazasiga murojaat qiluvchi yoki undan foydalanuvchi shaxs hisoblanadi.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
Masalani qo‘yilishi. Predmet sohani taxlili(PS) uni quyidagi tashkil etuvchilarini o‘rganishni taqazo etadi: ob’ektlar, ob’ekt xossalari, bog‘lanishlar (ob’ekt munosobatlari), vaqt oralig‘i (ob’ektlar aniq xolatlarda bo‘lishini belgilovchi vaqt) Jadvallar(1.1 - 1.5)

Misol PS. " Omborxona "



    1. jadval. Ob’ektlar va ularning soni

      Ob’ektlar

      Soni

      1.Omborxona

      pl

      2.Materiallar

      p2

      3.Ta’minlovchi

      P3

      4.Istemolchi

      p4

      5.Shahar

      p5

      6. Detal

      pb

    2. jadval. Ob’ektlar, ularning xususiyatlari

















      Xususiyatlar

      kim ga tegishli tegishli

      omborxona

      nomi

      soni

      omborxona












      kirim

      chiqim

    3. jadval. Iste’molchi bilan bog‘lash

xususiyatlar materiallar

nomlar

iste’molchi

qaerda saqlanadi
















    1. jadval. Ob’ekt ma’lumotlari

      xususiyatlar shahar

      pochta indeksi

      nomlar

      nima bilan ta’minlaydi

      nima chiqari ladi

      iste’molchi

      ta’minlovchi






















    2. jadval. Xususiyat ma’lumotlari

Xususiyatlar

ishlatilgan

1ta

rang

qaysi

detal

detal

kim

detal

material

Detal




ombor

nomi

og‘irligi

tayyorlaydi







Sarfi




xonadan



























































Aloqalar (ob’ektlar orasidagi munosabatlar).




    1. rasm. “Omborxona” ob’ektli modeli elementlari orasidagi ob’ektli munosobatlar

“Mohiyat - aloqa” modeli, predmet sohani tashkil qiluvchi uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga uxshash atributlar tasvirlanadi.
“Aloqa” modelini qurishda moxiyat mavjud jarayonni yoki xodisani, ob’ektni abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut birorta qiymatlar tuplamidan qiymat qabul qiluvchi, nomli xarakteristika bilan tasvirlanadi.
“Mohiyat - aloqa” modelidagi aloqalarga, ikki moxiyat o‘rtasidagi har qanday aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo‘yish kerak.
Loyiha haqidagi informatsiya diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi:

    • moxiyat toifasi – to‘rtburchaklar;

    • atribut- ovallar, ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi;

    • aloqalar (munosabatlar)- romblar, ular moxiyat toifalari bilan yunalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi, binar bog‘lanishlarda esa yo‘nalishli qirralar bilan bog‘lanadi;

Predmet sohani (PS) haqida tula ma’lumotga ega bulish uchun, uni etarlicha tekshirish zarur va ular avvalgisini to‘ldiradigan lokal modellar qurish kerak. So‘ngra lokal modellar birlashtirilib, PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo‘lamiz.
Misol:

    1. rasm. “Omborxona” predmet sohasi uchun Mohiyat - aloqa modeliga misol

Bu Mohiyat - aloqa modeliga misol o‘z tarkibiga beshta lokal modellarni birlashtiradi.

Topshiriq
Eng kamida 5 ta ob’ekt aniqlanib mohiyat-aloqa modeli asosida MSSQL yoki MySQLda MBni tuzish.
Nazorat savollari

  1. Ma’lumotlar bazasi nima?

  2. Predmet soha tushunchasiga ta’rif bering.

  3. Mohiyat – aloqa modeli deganda nimani tushunasiz?

  4. Mohiyat – aloqa modelida “ asosiy (bazaviy) elementlari” tushunchasini aniqlang.

  5. Mohiyat – aloqa modeli ma’lumot bazasi strukturasida (tuzilishida) qanday akslanadi?

Yüklə 227,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin