Mavzu: Dinamikani statistik o’rganish usullari
Reja:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi.
2. Dinamika qatorlari turlari.
3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari.
4. Dinamika qatorlarida o’rtachalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
5. Dinamika qatorlarida trend tenglamasini tuzish.
6. Dinamika qatorlarida mavsumiy tebranishlarni statistik o’rganish.
7. Dinamika qatorlarida avtokorrelyatsiyani statistik o’rganish.
1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi
Dinamika - o’sish, rivojlanish demakdir.
Dinamika so’zi grekcha “dynamikos” so’zidan olingan bo’lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug’aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o’sish yoki rivojlanishni anglatadi.
Hodisalarning vaqt ichida o’zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida o’zgarishini ta’riflovchi statistik ko’rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi.
Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar sanasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko’rsatkichlar.
O’rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo’lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o’tgan vaqt oralig’i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.
Zahira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro’y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori.
Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo’lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o’lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig’idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi.
O’rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko’rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “U” orqali belgilanadi.
Har bir dinamika qatori boshlang’ich U0 , oxirgi Un , muayyan oraliq Ui va o’rta darajalarga ega.
Dinamika qatorlari uzoq muddatli tenden-tsiya, ayrim davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsu-miy o’zgarishlarni o’zida mujassamlash-tirishi mumkin.
Dinamika qatori quyidagilar bilan harakterlanadi:
- uzoq muddatli harakat yo’nalishi, ya’ni umumiy asriy tendentsiya;
- qisqaroq davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar;
- ayrim yillarga tegishli tebranishlar va mavsumiy o’zgarishlar.
Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o’lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo’llari ishlab chiqilgan.
Dinamika qatorining ko’rsatkichlari taqqos-lama bo’lishi kerak.
Dastavval ko’rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o’lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo’lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko’rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo’lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang’ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo’lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko’rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo’lishini anglatadi. Bundan tashqari, o’rganilayotgan ob’ektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda yechilishi kerak. Ko’rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |