Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish


- rasm. Pedagog.uz pedagogika ta`lim muassasalari portalining Yangiliklar sahifasi



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə15/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

4.5 - rasm. Pedagog.uz pedagogika ta`lim muassasalari portalining Yangiliklar sahifasi.

Portalning elektron pochta bo`limida esa har bir oliy pedagogik ta`lim muassasasi administratori login va paroli yordamida o`zlariga kelgan xat va xabarlarni olishlari mumkin.


E`lonlar bo`limida o`tkaziladigan ilmiy anjumanlar va turli xildagi e`lonlar berib boriladi.
Portalning Yangiliklar sahifasida pedagogika ta`lim muassasalaridagi so`nggi yangiliklar haqidagi ma`lumotlar berib boriladi, ularning to`liq mazmuni bilan batafsil tanishish uchun gipermurojaat amallari bajariladi. Yangiliklar sahifasida yangiliklar uchta tilda: ingliz, rus va o`zbek tillarida berib boriladi va sahifa doimo portal administratorlari tomonidan yangilanib turiladi.
Foydalanuvchilar portal haqidagi fikr va mulohazalarini Bizga yozing sahifasida qoldirishlari yoki portal pochtasiga jo`natishlari mumkin.
Pedagogik ta`lim muassasalarining professor - o`qituvchilari pedagogika fanining dolzarb masalalari, yangi innovatsion texnologiyalar, ta`limning zamonaviy metodlari, shakllari, vositalari bo`yicha elektron munozarani tashkillashtirish, masofadan turib o`zaro fikr almashish, tajribalarni ommalashtirish, baxs-munozara yuritishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida Elektron konferensiya sahifasi faoliyat ko`rsatadi.
Elektron konferensiya sahifasidagi mavzularni nafaqat soha mutaxassislari, balki ro`yxatdan o`tgan barcha foydalanuvchilar tanishib, o`z fikr - mulohazalarini bildirish imkoniyatlari yaratilgan. Maqolalarning mavzulari, mualliflari, maqola kiritilgan sana va maqolaga murojaatlar soni ko`rsatilib boriladi. Foydalanuvchi maqola mavzusiga gipermurojaat amalini bajarib kiradi va maqolaning to`liq mazmuni bilan tanishishi, uni o`qib chiqishi va xabar qoldirish bo`limida o`z fikrini qoldirishi mumkin. Maqolani joylashtirish uchun portal bo`yicha tegishli ta`lim muassasasi administratoriga murojaat qilinadi.
Pedagogika ta`lim muassasalari talabalarining fan asoslarini chuqur egallashlari uchun zarur bo`lgan o`quv-me`yoriy xujjatlar, darsliklar va o`quv adabiyotlari, integrallashgan ilmiy resurslar Elektron kutubxona shaklida tizimlashtirilgan.
Elektron kutubxona axborot-ta`lim resurslarining ta`lim standartlari va dasturlariga mosligi, mualliflik huquqlariga rioya etilishini ta`minlash, ishonchligini oshirish maqsadida tegishli ekspertiza va tasdiqdan o`tkazilib, foydalanish uchun taqdim etiladi. Kutubxonaning axborot-ta`lim resurslari darsliklar, o`quv qo`llanmalar, ma`ruza matnlari to`plami, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida chop etilayotgan «Pedagogik ta`lim» jurnalining sonlari, avtoreferatlar, nomzodlik dissertatsiyalari, doktorlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar, davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari, o`quv dasturlaridan tarkib topgan bo`lib, ulardan pedagogika sohasi fanlari bo`yicha elektron baza yaratishda va masofaviy ta`limning o`quv-metodik ta`minoti sifatida foydalanish mumkin.
Elektron kutubxona ning bosh sahifasida eng oxirgi kiritilgan 15 ta manba ko`rsatilib, kiritilgan manbalar turlari bo`yicha alohida sahifalarda beriladi. Elektron kutubxona ning qidiruv tizimi imkoniyatlaridan foydalanish uchun tayanch so`z yoki ibora, izlanayotgan manba nomi yoki manbadagi biror ibora kiritilishi va qidiruv tugmasi bosilishi orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi topilgan manbani o`z komp`yuteriga yuklash uchun saqlash belgisiga gipermurojaat amalini bajaradi.
O`quv jarayonini tarkibida mustaqil ta`lim salmog`ini ortib borayotganligi, axborot manbalari turlarini kengayishi, axborot texnologiyalarining ko`rgazmalilikni oshirishdagi imkoniyatlarini ortib borishi, o`z-o`zini nazorat qilish komp`yuter
tizimining rivojlanishi kabi omillarning ta`lim amaliyotiga tadbiqini ta`minlash maqsadida portalda Masofaviy talim sahifasi yaratildi.
Masofaviy ta’lim sahifasi ikki tarkibiy qism kurslar va testlar bo`limlaridan iborat. Kurslar bo`limi elektron resurslar, masofaviy o`rgatuvchi kurslar, o`quv materiallarini, testlar bo`limi esa turli fanlardan to`plangan test savollari va on-line test topshirish imkoniyatlarini o`z ichiga oladi. Bu talabalarni mustaqil bilim olishi, o`z bilimlarini mustahkamlash, tekshirish uchun imkoniyat yaratadi. Kursga kirish sahifasida elektron kurslarning ko`rinishi, nomi va mualliflari ko`rsatilgan. Elektron kurs bilan tanishib chiqish uchun uning nomi yoki belgisiga gipermurojaat qilinadi.
Mavjud elektron resurslar foydalanuvchilar uchun pedagog kadrlar tayyorlash mazmuniga qo`yiladigan talablarga javob berishi, axborotliligi ko`rgazmaliligi va ta`minlanganligi bilan talabalar mustaqil ta`limni samaradorligini, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga, bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Elektron resurslarda tasavvurni kengaytirishga, jarayonlarni modellashtirishga qaratilgan animatsiyali harakatlarning berilishi, kurslardagi tushunchalarni yoritishda gipermurojaatlarning qo`llanishi asosiy tushunchalarni mustahkam shakllantirish imkonini beradi.
Yuksak salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash va pedagogika ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarga engillik yaratish maqsadida Pedagog.uz portalida malaka oshirish bo`limi ishlab chiqilgan.
Ushbu bo`limda malaka oshirish bo`yicha davlat talablari, masofaviy malaka oshirish kurslari o`quv dasturlari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muasssasalari pedagoglari uchun umumta`lim fanlari, oliy ta`lim muassasalari pedagoglari uchun
«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» masofaviy malaka oshirish kurslari bo`yicha o`quv materiallari, malaka oshirish bo`yicha qo`shimcha manbalar manzillari keltirilgan.
Masofadan turib malaka oshirish kurslarida qatnashish, ya`ni biror dasturga yoki kursga yozilish uchun foydalanuvchi o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tishi talab etiladi.

Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin