Tizimga kirish bo`limida foydalanuvchi ro`yxatdan o`tishi va doimo o`z login va paroli yordamida tizimga kirishi mumkin. Foydalanuvchi ro`yxatdan o`tganida unga elektron reyting daftarcha ochiladi. Mazkur reyting daftarchasida foydalanuvchi o`zi yozilgan kurs va dasturlar ro`yxati, ular bo`yicha topshirgan test topshiriq ballarini ko`rishi mumkin.
Forumda esa kurs a`zolari o`z olgan bilimlari yuzasidan boshqalar bilan ilmiy, pedagogik, metodik masalalarda fikr almashishi, bahs-munozaralar yuritishi, o`zlarini qiziqtirgan savollarga hamkorlarning fikrlarini olishi imkoniyatlari mavjud.
Bo`limda shuningdek, kurslar monitoringi va reytingi, kurslarda tahsil oluvchilar reytingi haqida batafsil ma`lumotlar olish mumkin.
Masofaviy malaka oshirishga mo`ljallangan o`quv dasturlari oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining pedagoglari malaka oshirish yo`nalishlari bo`yicha va pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkiliy-metodik ta`minlashga bo`lgan talablar asosida ishlab chiqilgan.
Oquvdasturi bo`limida «Komp`yuter savodxonligi», «Ta`limda axborot texnologiyalari», «Ta`limda innovatsion texnologiyalar» kurslari va umumta`lim fanlarini o`qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha yaratilgan kurslar dasturlari joylashtirilgan. Dasturlarda kursning maqsadi va vazifalari, kurs tinglovchilariga qo`yiladigan talablar, modul tuzilishi va modul mazmunlari yoritilgan.
Ta’lim menejmentinimasofaviymalakaoshirishkurslari bo`limida kurslar toifasiga ko`ra tizimlashtirilgan. Har bir kurs dasturi va modullari mazmuniga zarur gipermurojaatlar orqali kirish imkoniyati mavjud. Kurslarda o`qishlari uchun foydalanuvchilar dastlab kurslarga a`zo bo`lishlari, kurslardagi modullarni belgilangan tartibda bosqichma-bosqich o`zlashtirgandan keyin har bir mavzu yuzasidan test topshiriqlarini bajarishlari va kurslar yakunida umumlashgan test sinovlarini topshirishlari talab qilinadi.