Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish


-rasm. Tomsk davlat universiteti «Elektron universitet ” ta`lim portalidan lavha ko`rinishi



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə14/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

4.2-rasm. Tomsk davlat universiteti «Elektron universitet ” ta`lim portalidan lavha ko`rinishi

Rossiya ta`lim portallaridan yana biri “Elektron universitet” Internetda http://distance.ru/ manzilda joylashgan.


“Elektron universitet” o`z qidiruv tizimiga ega bo`lib, faollashtiriluvchi forum, pochta, saytga kirish, foydalanuvchini qayd etish bo`limiga ega bo`lib, u Bosh, Huquqiy informatsiyalar, Buyruqlar, Qabul hay`ati, O`quv jarayoni, Davlat attestatsiyasi, Xalqaro munosabatlar, masofa xalqasi kabi menyu bandlariga ega (6- rasm).

4.3-rasm. “Elektron universitet” Rossiya ta`lim portali.

Rossiya Xalqlar do`stligi universitetining “Rossiya ta`limi federal portali” http://www.edu.ru/ internet manzilida joylashgan bo`lib, o`z qidiruv tizimiga, Katalog, Resurslar, Saytlar, OTMlar, Kartalar, Qonunlar, Standartlar, Xujjatlar, Lug`atlar, Yangiliklar, Forumlar, Sizning sahifangiz, Ro`yxatdan o`tish, Portal kutubxonasi, O`quv metodik kutubxona kabi menyu bandalariga ega (7-rasm).


4.4-rasm. Rossiya ta`limi federal portali. pedagog.uz portali

TDPUda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etish, ta`lim jarayoni qatnashchilarining o`zaro aloqasini ta`minlash, ta`lim jarayonini pedagogik resurslar bilan ta`minlash, axborot va zamonaviy ta`lim texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining pedagogika ta`lim muassasalarining yagona axborot makoni - www.pedagog.uz portali yaratilgan (U.Sh.Begimkulov rahbarligida). U yagona elektron ta`limiy va ilmiy resurslar; yagona bitiruvchilar bazasi va kadrlarga elektron buyurtma berish tizimi; masofaviy ta`lim resurslari; masofaviy malaka oshirish kurslari; tarbiyaga oid elektron resurslar; elektron o`quv-metodik majmualar; pedagogika bo`yicha Ixtisoslashgan himoya Kengashlari faoliyati ochiq elektron tizimi; yosh o`qituvchilarni metodik qo`llash elektron tizimi elektron konferentsiya-forum; respublikada pedagogik ta`limni elektron targ`ibot tizimi kabi axborot-ta`lim resurslaridan tashkil topgan.


Portalda pedagogika sohasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`yicha resurslar tashkil etishga alohida e`tibor berilgan. Jumladan, unda aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`yicha ma`lumotlar, ixtisoslashgan himoya Kengashlari faoliyati yoritilgan. Pedagogik oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olish istagida bo`lgan abiturientlar uchun alohida
ma`lumotlar sahifasi joylashtirilgan. Unda abiturientlarga eslatma, respublika oliy pedagogik ta`lim muassasalari qabul ko`rsatkichlari berilgan.
Ta`lim muassasalari (maktablar, litsey va kollejlar) rahbarlari uchun oliy pedagogik ta`lim muassasalarining bitiruvchilari haqidagi ma`lumotlar bazasi joylashtirilgan. Shuningdek, kadrlarga elektron buyurtma tizimi ham yo`lga qo`yilgan.
Portalning asosiy menyusida qonun va farmonlar, yangiliklar, elektron konferentsiya, elektron kutubxona, o`quv-metodik majmua, masofaviy ta`lim, malaka oshirish kurslari, pedagogik texnologiyalar, pedagog olimlar, bitiruvchilar, ixtisoslashgan kengashlar, ilmiy anjumanlar, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, xalqaro hamkorlik, tarbiya sahifasi, abiturientlarga, yosh o`qituvchiga sahifalari joylashtirilgan (8-rasm).
Portalning yuqori menyusida oliy pedagogik ta`lim muassasalari, kollejlar, portal haqidagi sahifalar joylashtirilgan.
Portalning axborot-ta`lim resurslaridan doimiy foydalanishga ruxsat berish, resurslarni himoyalash, foydalanuvchilar to`g`risidagi ma`lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida Tizimga kirish bo`limida ro`yxatdan o`tish talab etiladi.
Tizim foydalanuvchilari ikki turga bo`linadi: foydalanuvchilar va administratorlar. Foydalanuvchilar o`z login va parollari yordamida tizimga kirib, o`zlariga kerakli ma`lumotlarni olishlari mumkin. Administratorlar hamkorlikdagi har bir oliy pedagogik ta`lim muassasasi tomonidan belgilangan bo`lib, ular elektron konferentsiyada bahs yuritish uchun maqolalar, tegishli ta`lim muassasasida tayyorlangan axborot-ta`lim resurslari hamda ma`lumotlarni online tarzda kiritib borishadi.

Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin