Mavzu. Taqriz matni. Taqriz turlari Nazariy ma’lumot



Yüklə 198,25 Kb.
səhifə2/4
tarix25.09.2023
ölçüsü198,25 Kb.
#148135
1   2   3   4
3-AY amaliy mashg\'ulot ishlanmasi 1

Ilmiy taqriz namunasi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma”ga
T A Q R I Z
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug’ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va o‘zbek tili mashg’ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.
O‘zDJTU dotsenti,p.f.n. M.X. Axmedova


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Til va nutq
Biz o‘z nutqimizda SO‘Z (so‘zlash), GAP (gapirish), TIL va NUTQ atamalarini ko‘p qollaymiz, ba’zan ular orasidagi farqni sinchiklab ham o‘tirmaymiz. Ular vositasida bilganlarimizni, ko‘rganlarimizni, mashq va mashg’ulotlarimizning borishi-yu natijalarini, atrofdagilarga, ayniqsa, oila a’zolariga munosabatlarimizni ifoda yetamiz. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinishidir.
Lekin lingvistik nuqtai nazardan til va nutq farqlanadi. Jumladan, tilni xalq yaratadi, umumxalq bahosi va xususiyatiga yega bo‘ladi; nutq yesa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o‘z qobilyati, so‘z boyligi, savodi hamda so‘zlash a’zolariga qarab gap tuzadi.

Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa bo‘ladi. Og’zidan so‘z yo gap chiqdimi – uchadi ketadi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. A. Navoiy aytganidek, so‘zingni buyuk etsang, o‘zinga buyuklik keltirasan.
Tilnig xizmati doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), juft shaxs orasida(dialog) yuz beradi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko‘rinishlarda turli janrlarga bo‘linadi. Nutq yozma va og‘zaki bo‘ladi.
Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi, qo‘shimchalar turli fonetik hodisalarga uchraydi. Nutq hajmi so‘zlovchilarga saviyasiga, uslubga, o‘rin va joyga qarab, turli shakl va hajmlarda bo‘ladi.
Nutq oldiga qo‘yilgan talablar (tovush tanlash, so‘z topish) uning mohiyatidan, tildek “ajab” mo‘jiza dahosidan, uning ijtimoiy kuch-qudratidan kelib chiqadi. Chinakam go‘zallik, deydi A.Gorkiy, so‘zlarning aniqligi, ravshanligi va ohangdorligi bilan yuzaga keladi.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol – hol, yod-yot, sof-sop, sher-she’r va b.), so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay “g‘o‘za teriladi”, “paxta gulladi” deyish xatodir.
Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (g‘ishtin polli, kibernetikaviy…), (dadam va onam keldi…); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi – qarorni emas), takror (turgan joyida turib qoldi…) va keraksiz ifodadan qochish, qo‘shma gapni meyori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘raki – ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz va nursiz qiladi.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
3. Matnga taqriz yozing.

Yüklə 198,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin