Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafku- radan holi qilish zarur;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohot - laming ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim;
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi;
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunjarning talablarini hisobga olgan holda, o'tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya'ni evolutsion yo'l bilan, puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.