Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi.
Yapon modeliuchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan, ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi.
Shved modeliaholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi.
Fransuz modeli– davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon rivojlanishning besh yilliklar bo'yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi); davlatning to'g'ridan to'g'ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi; davlatning kapital jamg'arish jarayoniga aralashuvi.
Janubiy Koreyamodelining yapon modeliga o'xshash umumiy jihatlari mavjud.
Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o'z burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini keltirish mumkin.
Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa muddatlar ichida mayda va o'rta tadbirkorlikning qo'llab-quwatlashi natijasida o'rta sinfning shakllanishini keltirish mumkin. O'tgan asrning 90-yillari oxirida Janubiy Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o'z boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.