1989-yilda Islom Karimov respublika rahbari bo'lgan davrda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ana shunday og'ir siyosiy, iqtisodiy vaziyat va bo'xronlar mavjud edi. Bir tomondan, markazning ittifoqni saqlab qolish umididagi tazyiqlari, ikkinchi tomondan, o'zini muholifatchi deb atagan turli guruh va oqimlar boshliqlarining xurujlari respublika hukumatini barqaror siyosat olib borishini xavf ostiga qo'ydi.
Ana shunday qiyinchiliklar davrida markazdagi oliy hokimiyat — KPSS rahbarlaridanbirguruhning 1991-yil 19—21-avgust kunlari davlat to'ntarishi qilishga urinishlariva uning oqibatlari shuni ko'rsatdiki, endi O'zbekiston markazning vassali bo'lib qola olmaydi. Markazda g'alaba qilgan siyosiy kuchlarning ba'zi bir harakatlari, ittifoqning boshqarish tuzilmalarini boshqa respublikalar bilan hech bir kelishmay turib ishg'ol qilishga urinishlar, KPSS oliy rahbariyati bir qismining davlat to'ntarishida ishtirok etishi, KPSS faoliyatini rasman to'xtatib qo'yilishi kabi voqealar O'zbekistonning ittifoq tarkibida rivojlanishini shubha
Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi
Hozirgi davrga kelib turli mamlakatlarda iqtisodiy o'sishlar va o'zgarishlarning borishi va mazmuni o'zining turli-tuman ekanligi bilan keskin ajralib turishi bilan tavsiflanadi. O'tish davridagi iqtisodiy tizimlarni amal qilishini ifodalab beruvchi omillarni uch guruhga ajratib ko'rsatish mumkin: tabiiy-iqlimiy, ishlab chiqarish- iqtisodiy, sotsiomadaniy.
Tabiiy-iqlimiy omillar jamiyatning tabiiy asosi bilan bog'liqdir. Tarixiy tajriba ko'rsatadiki, ijtimoiy hayotni tashkil etish shakllari insonlarning sayyorada qanday joylashganligi, xususan, iqlimning sovushi va kosmik halokatlar, ekvator va hosildor yerlarga yaqin yoki uzoq bp'lishi, suv va foydali qazilmalar bilan ta'minlanganligi kabilarga uzviy ravishda bog'liqdir.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillarga mehnat predmeti va vositalari, ilg'or texnologiyalar, inson-ishchining bosh-ishlab chiqaruvchi kuch va iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatidagi professionalligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, ishlab chiqarish natijalari va mablag'larni o'zlashtirish xarakteri va shakllari — xususiy, ijtimoiy, kooperativ, xususiy mulkiy, iqtisodiyotning samaralilik darajasi kabilar taalluqlidir. Ayni o'zgarishlar, avvalambor, ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar iqtisodiy tizimni o'zgarishga olib keladi, yoki o'tish davrini, o'tish iqtisodiyotini va o'tish holatini boshlanishiga olib keladi.
O'tish davri iqtisodiyoti o'z mohiyatiga binoan tadrijiy iqtisodiyotning alohida bir holati bo'lib, u jamiyatning bir tarixiy pog'onadan ikkinchisiga o'tayotganida amal qiladi. O'tish davri iqtisodiyoti burilish davrini
— tub iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlarni xarakterlaydi.