Mavzu: Tarbiya psixologiyasi Reja


Birinchisi - boshqaruv tizimi: Ikkinchisi -



Yüklə 76,34 Kb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü76,34 Kb.
#126894
1   2   3
Mavzu Tarbiya psixologiyasi

Birinchisi - boshqaruv tizimi:
Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi:
Uchinchisi – stabilizasiyalash tizimi:
To’rtinchisi – indikatsiyalash tizimi:
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo’lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq atvori va xatti – harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo’lishida analizatorlar o’rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o’ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta’kidlab, o’tganimizdek ontogenez prosessida filogenetik analizatorlar o’rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo’shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o’tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma’lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko’rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot – faoliyati jarayonida o’zaro bir – biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor yaratadi. Insonning sensor - perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizm barqaror psixik holatlarni o’z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning aniq maqsadni ko’zlovchi va foydali faoliyatning ongli sub’ekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim - shaxsni arbob sifatida stabilizasiya tizimidir. Yo’naltirilganlik, qobilyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yo’naltirilganlik - shaxsning integral va generalizasiya qilingan xususiyatlardir.

Integral – (lotin tilida – «bugun», «tiklangan») – uzviy bog’liqlik, butunlik, birlikdir.

Generalizatsiya (lotin tilida – «umumiy», «bosh») – shartli va shartsiz reflekslarning umumlashishi.

Yo’naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq - atvori va hatti – harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarningbir butun ekanligida o’z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyo qarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehtiyojlarida namoyon bo’ladi.


Yo’naltirilganlik strukturasida g’oyaviy e’tiqod katta rol o’ynaydi. G’oyaviy e’tiqod – bu bilimning, o’sha shaxsga hos bo’lgan intelektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, g’oyalar va hatti – harakatlar bir butunligining negizidir.
To’rtinchi tizm o’z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va hatti – harakatlarni oladiki, ular real shaxslarning ijtimoiy (uy fikrlari va his tuyg’ulari) aks ettiriladi.
Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning ma’sul arboblari sifatida xulq - atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizim va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixolgik shart- sharoitlar.
Shaxs shakillanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatining roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko’rsatuvchi beshyuz ta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’uladi: (tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir -qiladi?)
Birinchidan ijtimoiy muhitdagi turli muassasalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra ilk yoshlik chog’laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta oldamlarning barcha hatti – harakatlariga bevosita taqlid qilish or-qali bu hatti – harakatlarin, yaxshi – yomon fazilatlarni o’zlariga singgdirib boradilar. Bolalar oilada, ko’cha – kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning rolit haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovoiy hayvonlar muhitigia tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar djuda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’ribqoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarini olib ketadi. Ulardan biriga Amala ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shunarsa harakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushub qolganliklari tufayli, fe’l – atvorlari hatti – harakatlari, jihatdan bo’rilardan farq qilmas edilar.Nutq yo’q demak tafakur ham nihot darajada cheklangan edi. Juda katta qiyminchiliklar bilan qayta tarbiyaalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil – ta’lim – tarbiyaning tizimidir. Ma’lumki, ta’li – tarbiya inson ongini shakllanitradi, uning dunyo qarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim – tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim – tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan babbaravar taraqqiy etgan va deyarli bir shaxsiy xususiyatlarga ega kiishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaa holanki, bunday bo’lishi mumkin emas, shuni aytib o’tish kerakki bola shaxsining tarkib topishiga ta’li m- tarbiyaning ta’siri degvanda, albatta birinchi navbatda tarbiya muasssalarida, ya’ni bog’cha,maktab, initernat, letsiy va kollejlarda beriladigan ta’lim – tarbi tushuniladi. Biroq bunday oilada bolaga beriladigan ta’lim – tarbiya mutloqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim – tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbisi bilan sistemali shug’ulnadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.
Yuqorida ayti b o’tiligan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud – bu nasliy husuiyatlardir.Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik hususiyatlari beriladi. Masalan tana tuzulishi sochi va ko’zlarining rangi ovozi gapirish uslublari ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni he qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqtarbiya uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tosmonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tug’ma ravishda berilmaydi. Nixoyatda nodir hollarda ayrim qobilyatlar, amasalan musiqa , matematik qobilyatlariga nasliy yo’l bilan byuerilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topiishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to’xtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez – tez akselerasiya termenini ishlatayapmiz. Xo’sh akselerasiya bu nia? Akselerasiya – «tezlatish» degan ma’noni anglatid. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo’lib turibmiz. Xo’sh buning sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor.Ayrim olimlar akselerasiyaning sababini ilmi- texnika bilan bog’lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha ilmiy – texnikaning juda jadal tempi bilanrivojlanishi insoniyatning oldiga misilsiz ko’p informasiyalarni idrok qilish va fikrda qayta ishilash talablarini qo’ydi.Bu talab o’z navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy , ham psixiuk djihatdan tez rivojlanishiga olib keldi.YUqorida aytib o’tilgan olimlarning fikricha, akselerasi – bu 20 asrning ikkinchi yarmiga xos bo’lgan xodisadir.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S. Vigotskiy fikricha, «qiyin» o’smir xayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avalo qaysar, injiq bollar, ularni qiziqarli faolyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
Ularning ma’sul bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi xuquqlarni berish yo’li bilan ularga
ta’sir o’tkazish mumkin.



Psixologiyada «Tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifakasiyalari mavjud.

Birinchi guruh – ijtimoiy, salbiy mustahkam qarashlari ega bolalar;

Ikkinchi guruh - qonunbuzarlaraga taqlid qiliuvchilar.

Uchinchi guruh – ijobif va salbiy xulq - atvor streotiplari o’rtasida ikkilanuvchi, o’z xatolarini tushunuvchi bolalardir.

To’rtini guruh- irodali bolalarga bo’ysunuv
chilar.

Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo’liga tasodifan kirib qolganlar.

Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og’ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq - atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat qilishdan iborat: Bunday nazorat inson yomon hatti – harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa,u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarda asoslanadi: Bola o’zini egosentirik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z mohitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rolik qiladigan ota – onasiga bog’lanib qoladilar. Ota – onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi. Ota – onaning g’amxo’rligini bildiradigan so’zlar hatti – harakatlar bola uchun juda katta ahmiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq - atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq - atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan tag’dirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab - quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq - atvolrni rag’batlantirish va yomon xulq atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvining kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan xulq - atvor hamma bolalarga ham taluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda anana vam urf odatlarning roli katta.
Xalq urf odatlari, ananalari va marosimlari katta trabiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir – biriga yaqinlashtiradi, do’stlik birodarlik his tuyg’ularini rivojlantiradi. Bular o’z navtaida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt – saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko’paytirish yo’lida har bir kishining tinmay g’amxo’rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; Jamiyat xayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylilik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayoninining muhim hislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g’amxo’rlikning funksiyasi kattadir. Boalalar befarq otana oanalarga nisbatan g’amxo’r otana onaga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota – oanalar bolaning saliby xulq atvoirini qo’llab quvatlamaganda bola o’z hatti – harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g’amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni – tushuntirishni, muhokama qilishni agar bolaning xulq - atvori shuni talab qilsa og’zaki tanbeh berishni yaxshi xulq - atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.


Yüklə 76,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin