Mavzu: Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar


Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar



Yüklə 75 Kb.
səhifə2/3
tarix04.05.2023
ölçüsü75 Kb.
#107150
1   2   3
Mavzu Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar

2. Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar. Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g’amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarning mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg’or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak.
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g’ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi kerak.
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi kerak.
4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak.
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak.
6. Kun tartibini to‘g’i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak.
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa, ovunta olishi kerak.
10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
3. Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi. O‘qituvchi – tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murrabbiyning o‘zi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalarning) nutq madaniyatiga bevosita bog’liq bo‘ladi.
Doimo kichkintoylarning diqqat-e’tibori markazida turadigan va ular bilan muloqot qiladigan tarbiyachining nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to‘g’ri so‘zlashi, ona tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etishi, balki u muayyan balandlikdagi ovozda bosiqlik bilan so‘zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik jihatdan to‘g’ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo‘lishi hamda so‘z bilan belgilash to‘g’ri va aniq amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan hikoyasi bolalarda qiziqish uyg’otadi, ularda qayg’urish, so‘z kuchini his qilish, uning mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imkonini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda his-hayajonlarsiz o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va befarqlikni shakllantiradi.
Pedagog o‘z nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi va unda kamchiliklar borligini sezsa, ularni darhol bartaraf etishga intilmog’i lozim.
Biroq, o‘z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi, chunki muloqot jarayonida so‘zlovchining diqqat-e’tibori eng avvalo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o‘rnashib qolishi va keyinchalik so‘zlovchi uni sezmay qolishi mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so‘zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.
O‘z nutqining nomukammalliklari haqida bilish uchun pedagog o‘z o‘rtoqlarining mulohazalariga quloq tutishi darkor. Ochiq darslarni videokassetaga yozib olish va uni keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Shunda tarbiyachi nutqini tovush, leksik vositalardan foydalanish, grammatik jihatdan rasmiylashtirish nuqtai-nazaridan tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki nutqni yozib olish chog’ida tarbiyachining o‘zini-o‘zini nazorat qilishi evaziga nutq sifati yaxshilanadi. Shuning uchun nutqda aniqlangan kamchiliklarga tarbiyachining o‘zi va uning o‘rtoqlari diqqat-e’tibor bilan yondashishlari zarur.
Nutqda aniqlangan kamchilik(nomukammalliklar)larni (yomon diksiya, leksik-grammatik rasmiylashtirishdagi xatoliklar va h.k.) tarbiyachi maxsus daftarga qayd etadi, so‘ngra reja ishlab chiqadi va kamchiliklarni bartaraf etishga doir ishlarni tashkil qiladi.
O‘z tarbiyalanuvchilarida ana shunday kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish uchun pedagog o‘z nutqiga nisbatan qanday talablarni qo‘yishi zarur?
Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar. Ko‘pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo‘ladi, ular tovushlar va so‘zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o‘z nutqida turli shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so‘zlarda urg’uni to‘g’ri qo‘yishi lozim.
Nutqda hissiyotlar, fikrlarning eng nozik qirralarini ham ifodalash mumkin. Bunga nafaqat tegishli so‘zlar yordamida, balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati, mantiqiy urg’usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g’ri foydalanish tufayli erishiladi. Ushbu vositalardan foydalanilganda tarbiyachi tomonidan bolalarga o‘qib berilgan she’rlar, ertaklar, hikoyalar ularning mazmunini yaxshi tushunish, ona tilining qudrati va go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilarni toliqtirib qo‘yadi, matn mazmuniga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni tinglash davomida tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga qaraydilar, chalg’iy boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar.
Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator.
Tovushning hosil bo‘lishi:
1. Bu tovush kuchi bilan bog’liq (nutq apparati organlari bilan bog’liq).
2. Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligini turli masofalarga yuborib baland pastligini o‘zgartirish).
3. Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).
4. Diapazon–tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).
5. Tembr–tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, hususiyligi. Tovush apparatining charchashi, tovushda bo‘lgan nuqsonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi.
Chunki pedagog 50 foiz ish vaqtida oddiy so‘zlashishdan yuqoriroq–balandroq tonda gapiradi. Shuning uchun ish jadvalini tuzishda rahbariyat 3-4 soat ichida tarbiyachi charchab, 1 soat ichida tovush tiklanishini hisobga olishi kerak. Tajribali o‘qituvchi 2 soatda charchaydi va yana 2 soat dam olingach tovush yangitdan tiklanadi.
Monoton nutq tovush apparatini charchatadi. Changdan o‘zini saqlash va sovuq havoda yurmaslik kerak.
Diksiya - so‘zlarni, tovushlarni, bo‘g’inlarni unli va undosh tovushlarni (harflarni) aniq va ravon talaffuz etilishidir. Nutqda organik va noorganik kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Diksiyani takomillashtirish Monoton nutq bilan bog’liq. Nutqdagi kamchiliklarni to‘g’irlash uchun ifodali o‘qish bo‘yicha adabiyot qo‘llanmalaridan foydalanish mumkin.
4. Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.
Tarbiyachining nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, yetarli darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlarni noto‘g’ri talaffuz etib bo‘lmaganidek, nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda nutq biroz ohista sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at nutqning aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoyalar, she’rlarni badiiy so‘z ustalari odatda, og’zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur’atda o‘qiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qabul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni eslab qolish oson kechadi.
Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham qamrab olmaydi. Badiy asarlarni o‘qishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu chog’da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur.
Ovoz – bu tarbiyachining kasbiy qurolidir, u mazkur quroldan to‘g’ri foydalanishi va uni zo‘riqishdan asrashi lozim. Ovozdan noto‘g’ri foydalanishni masalan, uning haddan tashqari balandlatishda (guruhda, maydonda shovqin bo‘lganida) ko‘rish mumkin.
Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni talab qilsa, bu ovozni baqirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas.
Ovozni biroz kuchaytirishda nutq sur’atini pasaytirish va so‘zlarni yanada aniqroq talaffuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo‘lsa, uni balandlashguncha mashq qildirish va maxsus mashqlar bilan mustahkamlash zarur. Ovozning yoqimsizligini (xirrilash, chiyillash) ham bartaraf etish mumkin.
Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilishni, balki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrof-olam haqidagi o‘z kuzatishlarini bayon qilish, o‘z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarishni ham o‘rganadilar.
Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shaklda yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyachi o‘z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o‘z nutqini tushunarsiz so‘zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib yubormasligi lozim.
Bolalar nutqni agarda, u qisqa iboralardan iborat bo‘lsagina yaxshi qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatik jihatdan juda murakkab tuzilgan iboralarni qo‘llashda bolalarga uning qismlari o‘rtasida aloqa bog’lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tushunish qiyin kechadi.
Faqat oddiy gaplarni qo‘llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniqsa, bog’langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplarni keng qo‘llash juda muhimdir.
Bolalarga hikoya qilib berishda (o‘tkazilgan ekskursiya, tabiat haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya’ni barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalarni tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalarni ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko‘p so‘zlash, ortiqcha iboralarni qo‘llash tarbiyachining nutqini og’ir, tushunish uchun qiyin qilib qo‘yadi.
Murakkab so‘zlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogning fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo‘ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo, so‘zlardan to‘g’ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug’at zahirasi boy, u doimo yangi so‘zlar bilan boyib boradi; muomaladan chiqqan so‘zlar yo‘qolib ketadi.
Tarbiyachining lug’atidagi kamchiliklar sifatida so‘zlarni kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo‘llash (Sevaraxon, qo‘lchalaringni yuv; Samatjon, stakanchalarni yig’ishtirib qo‘y va h.k.), nutqni ortiqcha so‘zlar bilan to‘ldirib yuborish (Xo‘sh, aytish mumkinki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga xuddi go‘daklar kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi holatlarini keltirish mumkin.
So‘zlar va so‘zli iboralarni to‘g’ri tanlash tarbiyachi nutqining aniqligi, tushunarliligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
Yangi so‘zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. Bir tomondan, bolalarning yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so‘zlarni tanlash, ikkinchi tomondan, doimiy ravishda yangi so‘zlarni muomalaga kiritish, mavjud so‘zlardan foydalanishni kengaytirish va ularning ma’nosini tushuntirib berish lozim. Pedagogning hikoyasi to‘liq, chiroyli, so‘zlari aniq tanlab olingan, grammatik jihatdan to‘g’ri rasmiylashtirilgan va ifodali bo‘lishi, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqa o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, metaforalar, tashbehlardan, xalq og’zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeologik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osuda, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
• ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilish, nutqdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;
• aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish;
• o‘z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik qoidalarga rioya qilish;
• ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlarni hisobga olgan holda to‘g’ri foydalanishga intilish;
• bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur’atda, ovozni sal pasaytirgan holda nutq so‘zlash;
• matnlar mazmunini so‘zlar va grammatik tuzilmalardan foydalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish;
• bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini takomillashtirish haqida qayg’urish bo‘lajak pedagogning axloqiy va ijtimoiy burchidir. U o‘zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy ko‘nikmalarni mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi hususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning to‘g’riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaliligi;
g) nutqning sofligi;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi.
Xulosa:
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo‘llashi: tushunish mumkin va o‘zlashtirish oson bo‘lgan so‘zlarni tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog’ida adabiy tilga oid so‘zlarni qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy so‘zlashuv tili va shevalardan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalik ko‘p so‘zlarni o‘zlashtirib olishlari mumkin.


Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin