Mavzu: Tarix falsafasi va falsafa tarixiy uyg'unligi
Guruh: MIG’-103
Bajardi: Butayev B.
Tekshirdi: Kunisheva N.
MUSTAQIL ISH ANGREN UNIVERSITETI Fan: Falsafa
Tarix falsafasi va falsafa tarixiy uyg'unligi
Reja:
Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari
Tarixning antik falsafasi
Xristian dunyoqarashining ta’siri
Tarixiy manbalarning о’ziga xos xususiyatlari
XVIII – XIX asr о’rtalarida tarix falsafasi
Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari
Tarixning ilmiy jixatdan taxlil qilish uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy – siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va ma’naviy muhitini baholash har bir davr kishilari ruhiyati, manaviy ahloqiy mezonlari voqea hodisalarga munosabatini о‘rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi.
Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug’ullanadi. Tarix falsafasi tushunchasini ilk bor Volter qо’llagan. Volter tadbiq etgan bо’lsada, u amalda antik davrga borib taqaladi – deyiladi.
U mustaqil falsafiy fan sifatida о’zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Nemis marifatparvari Iogan Gotfrid Gerder (1744 – 1803) о’zining “Insoniyat tarixi falsafasiga doir g’oyalar”(1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni о’z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g’oyasini ilgari surdi.
Zamonaviy tarix fanining alohida bо’lim va tarmoqlari yordamchi va masus tarix fanlari, bilamizki, insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani о’rganadi. Biz tarix sо’ziga bir qancha ta’riflarni keltirishimiz mumkin.