XVIII – XIX asr о’rtalarida tarix falsafasi J.J.Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari.
J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki ta’limni о’zi tug’ilib о’sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u yerda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bо’ladi. Russo Didro tashkil etgan “Ensiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi ma’lum. Russoning “Insonlar о’rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari tо’g’risida mulohazalar” asri uning obrо’siga yana obrо’ qо’shadi. U “fanlarning ma’naviyatga ta’siri” asarida о’zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi.
Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mо’jazgina Blankerburg shahrida tug’iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi zost shahriga kо’chib о’tishadi. Shpengler bu yerda gimnaziyaga о’qishga kiradi. U yillar о’tgach yana Goriga kо’chib о’tishadi. Shpengler Latinadagi о’quv bilim yurtida о’qiydi. O. Shpengler nemis faylasufi va XX asr tarix falsafasi konsepsiyasining namoyandasi hisoblanadi. Shpengler keyinchalik Myunxenga kо’chib borib, u yerda hech kim bilan muloqotga kirishmay “Yevrpoaning sо’nishi nomli mashxur asarining qoralama variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shon – shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilikva sotsializm” nomli uncha katta bо’lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, “Yevropaning sо’nishi asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi.