Mavzu: Tebranish konturi. Mundarija I. Bob. 2Konturda erkin va majburiy tebranishlar



Yüklə 342,15 Kb.
səhifə5/6
tarix23.05.2022
ölçüsü342,15 Kb.
#59169
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mavzu Tebranish konturi

so`nuvchi tebranishlar deb ataladi.
Har bir yangi davrda amplituda tobora kamayib boradi va ishqalanish kuchi qanchalik katta bo`lsa, amplituda shunchalik tez kamayadi.

1.1-rasmda so`nuvchi tebranish grafigi ko`rsatilgan. So`nuvchi tebranishlarni garmonik deb hisoblash mumkin emas, chunki garmonik tebranishlar uchun amplitudaning doimiyligi xarakterlidir.


So‘nuvchi tebranishlar: Yuqorida ko‘rib o‘tilgan prujinali mayatnikning yoki matematik mayatnikning erkin tebranishlari faqat ishqalanish bo‘lmagan taqdirdagina garmonik tebranishlar bo‘la oladi. Lekin real tebranuvchi sistemada hamma vaqt ishqalanish, aniqrog‘i qarshilik kuchlari mavjud.

Masalan, mayatnik osib qo‘yilgan joydagi ishqalanish kuchi yoki sistema tebranayotgan muhitning qarshilik kuchi shular jumlasidandir. Qarshilik kuchlarini yengish uchun sistema ish bajaradi va tebranishlar energiyasining bir qismini sarflaydi. Shuning uchun tebranish energiyasi tebranish jarayonida kamayib boradi. Тebranish energiyasi amplituda kvadratiga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun ((5) formulaga q.) tebranishlar amplitudasi ham tobora kamayib boradi va energiya zaxirasi tugagach, tebranishlar butunlay to‘xtaydi. Bunday tebranishlar so‘nuvchi tebranishlar deb ataladi. 1.2- rasmda so‘nuvchi tebranishlar uchun x siljishning t vaqtga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Bunday bog‘lanishni qumdonli mayatnik vositasida hosil qilish mumkin (1.3- rasm). Тeshigi juda tor bo‘lgan voronkani uzun ipga mayatnik singari osib, unga quruq qum to‘ldiriladi va tebrantirib yuboriladi. Agar voronkaning ostidan keng qog‘oz tasmani uning tebranishlariga perpendikular yo‘nalishda tortib tekis harakatlantirilsa, voronkadan tushayotgan qum oqimi mayatnik siljishining vaqtga bog‘liq o‘zgarishini grafik ravishda tasvirlovchi qum izini hosil qiladi. Muhitning qarshiligi qancha katta bo‘lsa, amplituda shuncha tez kamayadi va tebranishlar tez to‘xtaydi. Masalan, havoda mayatnik ancha uzoq vaqt davomida tebranishi mumkin, biroq o‘shancha energiya berilgan o‘sha mayatnikning o‘zi suv ichida bir-ikki martadan ortiq tebrana olmaydi. So‘nuvchi tebranishlarda tebranish amplitudasi vaqt o‘tishi bilan kamayib borishi sababli harakat to‘la takrorlanmaydi. Shuning uchun so‘nuvchi tebranishlar garmonik bo‘lmaydi, ular hatto davriy harakat ham bo‘lmaydi. Biroq energiyaning sarflanishi (so‘nish) juda sekinlik bilan amalga oshsa, bunday so‘nuvchi tebranishlarni biror taqribiylik bilan


Yüklə 342,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin