Mavzu: Tebranish konturi. Mundarija I. Bob. 2Konturda erkin va majburiy tebranishlar



Yüklə 342,15 Kb.
səhifə1/6
tarix23.05.2022
ölçüsü342,15 Kb.
#59169
  1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mavzu Tebranish konturi


Mavzu: Tebranish konturi.
Mundarija
I.BOB.

1.2Konturda erkin va majburiy tebranishlar.
1.3 Tebranish konturida majburiy tebranishlar.
1.4.Bog’langan konturlar.
II.BOB.Erkin va majburiy tebranishlar.

2.1 Erkin tebranishlar



2.2 Majburiy tebranishlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko‘plab o‘zgarishlar va yangi sharoitlar bo‘lib kelmoqda.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5032 qaroriga muvofiq Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

.
1.2 Konturda erkin tebranishlar. Radioelektronikada yuqori chastotali elektromagnit tebranishlar keng foydalaniladi. Ularni yaratish, kuchaytirish va filtrlash uchun elektr tebranish sistemalari zarurdir. Sodda bunday sistema tebranish konturidir.


Tebranish konturi (3.1-rasm, a) keng qo‘llaniladigan zanjir bo‘lib, u induktivlik L , sig‘im C, va aktiv qarshilik r lardan tashkil topgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, odatda, aktiv qarshilik r ni mumkin qadar kam bo‘lishiga intiliniladi, ammo undan butunlay qutilib bo‘lmaydi, chunki o‘tkazgich har doim qandaydir aktiv qarshilikka ega bo‘ladi. Shunga qaramay, aktiv qarshilikni juda kichik deb hisoblanadi va sxemalarda ko‘rsatilmasligi ham mumkin.

a) b) v)

3.1-rasm. Tebranish konturida erkin tebranishlar:
a-tebranish konturi; b-kondensatorning zaryadlansizlanishi;
v-so‘nuvchi tebranishlarning grafigi

Agar tebranish konturining kondensatori S ni (3.1 -rasm, b) dastlab ta’minlovchi manba Ye ga ulab, u zaryadlangandan keyin esa, g‘altak L ga qaytadan ulasak, u holda kondensator zaryadsizlana boshlaydi va zanjirda elektr toki vujudga keladi, bu tok esa g‘altak atrofida magnit maydoni hosil qiladi. Oldiniga tok ham, magnit maydon ham ko‘payadi. Bunda maydonning kuch chiziqlari g‘altak o‘ramlarini kesib o‘tadi va unda tokning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchi (e. yu. k) hosil qiladi. Ammo tok har holda o‘zining maksimal qiymatiga yetadi va bu paytda (3.1-rasm, v dagi 1 nuqta) o‘zgarmaydi, demak, g‘altakning magnit maydoni ham o‘zgarmas bo‘ladi, natijada magnit kuch chiziqlari uning o‘ramini kesib o‘tmaydi, binobarin, o‘zinduksiya e. yu. kuchi nolga teng bo‘ladi. Bu paytda kondensator butunlay zaryadsizlanadi, uning quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan yig‘ilgan energiyasi



nolga teng bo‘lib qoladi va butunlay g‘altakning magnit maydoniga o‘tadi, bu quyidagicha ifodalanadi:



Magnit maydonning kuchlanganligi esa maksimal bo‘ladi.
Endi tok (grafikda 1 nuqtadan keyin) sekin asta kamayadi. Tok kamaya boshlashi bilanoq magnit kuch chiziqlari g‘altak o‘ramlarini kesib o‘tadi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi o‘zinduksiya e. yu. k. kuchini hosil qiladi, endi bu e. yu. k. tokning ko‘payishiga emas, balki kamayishiga to‘sqinlik qiladi. Magnit maydon energiyasining ta’siri ostida tok oldingi (o‘sha) yo‘nalishda o‘tishda davom etadi va kamayadi, kondensator butunlay zaryadsizlanadi va g‘altak e. yu. kuchiga teskari yo‘nalgan undagi kuchlanish ko‘payadi. Biror paytda konturdagi tok nolga teng bo‘ladi (3.1 rasm, v dagi 2 nuqta), kondensatordagi kuchlanish esa maksimal qiymatga erishadi.
Binobarin, ko‘rilayotgan kontur boshlang‘ich holatga keladi va shundan keyin jarayon yuqorida bayon etilgandek rivojlana boshlaydi (faqat endi tokning yunalishi oldingiga qarama-qarshi bo‘ladi) va hokazo.
Shunday qilib, ko‘rilayotgan konturda garmonik elektromagnit tebranishlar hosil bo‘ladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish muhimki, bu jarayon cheksiz emas, chunki energiyaning qandaydir qismi har holda yo‘qoladi. Tebranishlar sekin-asta so‘nadi, buni I-26-rasm, v dagi egri chiziqdan ko‘rsa ham bo‘ladi. Energiya simlarning aktiv qarshiligida isrof bo‘ladi, g‘altakning magnit maydoni bilan sochiladi va kondensator dielektrigida sarflanadi. Nihoyat, qator tebranishlardan so‘ng jarayon tugaydi. Shunga o‘xshash tebranishlar erkin tebranishlar deb ham ataladi, chunki kontur tashqaridan hech qanday ta’sir olmaydi (kondensatorning birinchi zaryadlanishidan tashqari).
Agar tebranish konturidagi jarayon energetik nuqtai nazardan qarasak, u holda biz kondensator bilan g‘altak orasidagi energiya almashuviga duch kelamiz. Kondensatorning potensial deb hisoblash mumkin bo‘lgan (chunki u qo‘zgalmas elektr zaryadlari orqali hosil bo‘ladi) elektr maydon energiyasi g‘altakning magnit maydon energiyasi - kinetik energiyaga (chunki u harakatdagi zaryadlar bilan bog‘langan) o‘tadi va aksincha. Bunday almashuvning har biri natijasida bir qism energiya qaytmas bo‘lib isroflanadi va nihoyat jarayon tugaydi.
Energiya almashinuvining to‘liq sikli uchun ketgan vaqt (3.1 - rasm, v da 3 nuqta) tebranishlar davri deb ataladi. Agar aktiv qarshilik r ni hisobga olmasak, u holda tebranishlar davrini quyidagi formuladan aniqlasa bo‘ladi:
.
Bir sekunddagi tebranishlar soni chastota deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi
.
Radiotexnik hisoblashlarda doiraviy chastotadan foydalanish qulayroq va quyidagi formuladan topiladi
.
Bu chastota kontur erkin tebranishlarining chastotasidir.



Yüklə 342,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin