^-dx+ ^-dy+ ^-dz = p(Xdx+ Ydy+ Zdz).dx dy dz Bu tenglamaning chap tomoni bosimning to‘liq differensialini beradi,shuning uchundp=p(Xdx+ Ydy+ Zdz) (2.3) Hosil bo‘lgan tenglama bosimning suyuqlik turiga va fazoning nuqtalari koordinatalariga bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda bosimning ixtiyoriy nuqtadagi miqdorini topishga yordam beradi. Bu tenglama tomchilanuvchi suyuqliklar uchun ham, gazlar uchun ham o‘rinli bo‘lib, gazlar uchun qo‘llanganda gaz holati tenglamalari bilan birgalikda ishlatiladi. (2.3) dan hamma nuqtalarida bir xil bosimga ega bo‘lgan ( p =const) sirtlami topish mumkin. Bunday tekisliklar bosimi teng sirtlar 25 deb ataladi. p = sonst bo‘lganda dp = 0 bo‘ladi, p esa nolga teng bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bosimi teng sirtlar tenglamasi quyidagicha yoziladi:Xdx+Ydy+Zdz = 0(2.4) Bosimi teng sirtlar xususiy holda suyuqlikning erkin sirti bo‘lishi mumkin. Suyuqlikning devor bilan chegaralanmagan sirti erkin sirt deyiladi. Masalan, idishda gaz va suyuqlik birga saqlangan bo‘lsa, u holda suyuqlikning yuqori sirti jism devoriga tegmay gaz bilan chegaralangan bo‘ladi. Xususiy holda ochiq idishdagi suyuqlikning yuqori sirti havo bilan chegaralangan bo‘lib, erkin sirtni tashkil qiladi (2.4-rasm). Bosimi teng sirtlar va erkin sirtlar uchun misollar sifatida og‘irlik kuchi ta’siridagi idishda tinch turgan, tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan va aylanma harakat qilayotgan idishlardagi suyuqliklami tekshiramiz. z* H ~"t Пр. I