Mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura


Birinchi belgiga ko’ra, har qanday sistema muayyan qurilish birliklaridan tashkil topadi



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2022
ölçüsü241,5 Kb.
#58668
1   2   3
Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura.

Birinchi belgiga ko’ra, har qanday sistema muayyan qurilish birliklaridan tashkil topadi.
  • Bu esa uning ichki bo’laklarga bo’linish xususiyatiga ega ekanligini ko’rsatadi.
  • Ikkinchi belgisi bugun tarkibidagi elementlarning bir-biri bilan va elementlarning butun bilan bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Har ikki munosabat zaruriy va o’zaro shartlangandir. masalan, fonemasiz morfemaning bo’lishi mumkin emas.
  • Morfema fonemalardan tashkil topadi. Fonema morfema tarkibiga uning qurilish birligi sifatida kiradi. Shuningdeq so’z shakl morfemalardan tashkil topadi. Morfema esa so’z shakl tarkibida uning qurilish birligi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bularning munosabati butun va bo’lak o’rtasidagi munosabatdir.
  • Bundan tashhari bo’lak bilan bo’lakning, butun bilan butunning ham munosabati mavjud. Masalan, son kategoriyasi tarkibida birlik ko’pliksiz bo’lishi mumkin emas. Birlik shakl ko’plikka nisbatan, ko’plikka zidlanganda aniqlanadi.
  • Uchinchi belgiga ko’ra, sistema deb haralayotgan butunlik tarkibiyk qiismlarining oddiy yig’indisidan iborat emas. U tarkibiy qismlarida sistemaga kirguncha mavjud bo’lmagan yangi sifatga ham ega bo’ladi. Masalan, ikki xil gazning - vodorod, kislorodning birikmasidan suv hosil bo’ladi. Shuningdeq fonemalardan tashkil toptan morfema fonemalarga nisbatan yangi sifatga ega bo’ladi. Fonemalar ma'noni farqlash uchun xizmat qiluvchi ma'nosiz birliklar bo’lsa, ularning qo’shiluvidan hosil bo’lgan morfema esa ma'noli birlik sanaladi. Shuning uchun ham har qanday sistemada sistema hosil qiluvchi va sistemada namoyon bo’luvchi belgilar mavjud bo’ladi.
  • Sistema qurilma ekan, u albatta to’zilishga ega bo’ladi. Sistemani tashkil etgan elementlarning ichki aloqasi strukturani tashkil etadi. Bundan anglashiladiki, sistema va struktura tushunchalari bir-biri bilan o’zviy aloqador tushunchalardir. Sistsmasiz strukturaning, strukturasiz sistemaning bo’lishi mumkin emas. Sistema atamasi ichki to’zilish birliklarning o’zaro munosabati asosida vujudga kelgan butunlikni ifodalasa, struktura atamasi butunlikning ichki to’zilishini ontologik tabiatini ifodalaydi
  • Til sistema sifatida ichki to’zilishga, strukturaga ega. Tilning ichki to’zilishi (strukturasi) ko’p sathlidir.
  • Tilning qimmat jihatdan bir xil birliklarining yig’indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath, morfemik sath kabi. Ma'lum bir tildagi fonemalarning o’zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.
  • Lingvistik sath tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga bo’lishda xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lishga haramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini birdek tan oladilar: ) fonologik sath, 2) morfemik sath, 3) leksik sath, 4) morfologik sath, 5) sintaktik sath, 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.
  • Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fonologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi - morfema; leksik sath birligi - leksema; morfologik sath birligi –so’z shakl; sintaktik sath birligi - sintaksema; ustsintaktik sath birligi - matn (tekst).
  • Kursatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga harab qat'iy tartibda joylashadi. har bir yuqori sath birligi o’zidan bir
  • daraja quyi sath birliklarishing sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno),
  • fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath birligi morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham) .
  • Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfologik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (tug’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar.

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin