Qo’shimcha ma’lumotlar Modem - telefon stansiyalari vositasida kompyuterdagi axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkilik sanoq tizimidagi ma’lumotlarni elektr signalariga aylantirish va asliga qaytarish vazifasini o‘taydi
Qisqacha tezis: Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan ja- rayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan bugun elektron hukumat degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda
Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir
Qo’shimcha ma’lumotlar Elektron hukumat tushunchasi 1990-yillaming boshida paydo bo‘lgan, lekin amaliyotga so‘nggi 10 yillardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumat AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Janubiy Koreya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germa- niya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamla- katlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanishadi. Davlat organlari so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlaming namunasini olish, ulami to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar ido- ralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy web-sayt orqali o‘zining murojaatini ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.