3) Oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar (10%).
Sonlar bo‘limida butun sonlar ustuvordir va o‘quvchilar
butun sonlarni
hisoblay olishi, muammolarni yechishda hisob-kitoblardan foydalanishi kerak.
Algebradan boshlang‘ich tushunchalar to‘rtinchi
sinfda TIMSSni baholashning
tarkibiy
qismidir,
shu jumladan, oddiy tenglamalarda o‘zgaruvchi (noma’lum)
tushunchasini tushunish va miqdorlar o‘rtasidagi munosabatni
yecha olish talab
qilinadi. Shu bilan birga, o‘quvchilar uchun oddiy va o‘nli kasrlarni tushunish ham
muhimdir. O‘quvchilar muammolarni hal qilish uchun kasrlar va ularni taqqoslash,
qo‘shish va ayirishni bilishlari kerak.
Butun sonlar
1. Sonlarning xona birliklariga oid bilimni namoyish etish (2 xonalilardan 6
xonalilargacha); butun sonlarni matnlar, diagrammalar, sonli qatorlar yoki belgilar
orqali ifodalash;
2. Oddiy vazifalarni bajarish uchun hisob-kitoblarda (4 xonali sonlargacha)
qo‘shish va ayirish;
3. Oddiy vazifalarni bajarish uchun hisob-kitoblarda ko‘paytirish (bir xonali
son bilan uch xonali sonlar va ikki xonali son bilan ikki xonali sonlar) va bo‘lish
(uch xonali sonlar bilan bir xonali sonlar ).
4. Toq va juft sonlarni ko‘paytiruvchilarga ajratish va bo‘linuvchilarni topish,
sonlarni yaxlitlash (o‘n minggacha) va hisob-kitoblarni o‘z
ichiga olgan
muammolarni hal qilish;
5. Ikki xonali yoki undan ortiq sonlardan iborat bo‘lgan masalalarni yechish.
Dostları ilə paylaş: