Mavzu. Timss baholash dasturining maqsadi. Timssining dastur yoʻnalishlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar (bilish, qoʻllash, mulohaza yuritish). Timss topshiriqlari, ularni baholash mezoni



Yüklə 499,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix23.05.2022
ölçüsü499,35 Kb.
#59071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 (1)

Matematika mazmun doirasi 
Bolalar kuchli bilim egasi bo‘lishi uchun matematikani tushunishi, o‘rganishi 
va undan foydalana olishlari lozim. Avvallambor, matematikani o‘rganish hayotda 
uchraydigan muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi, 
qat’iyatlilikka o‘rgatadi. Matematika fani kundalik hayotda, masalan, hisob-kitob 
ishlari, pul muomalasida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, muhandislik
arxitektura, buxgalteriya, bank ishi, biznes, tibbiyot sohasi, ekologiya, 
kosmonavtika sohalari kuchli matematik bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. 


Matematika iqtisodiyot va moliyada, kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minot 
yaratishda, axborot texnologiyalari va yangiliklardan xabardor bo‘lishda 
hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu bo‘limda TIMSS–2019 ning matematik 
baholash mezoni taqdim etilgan.
 TIMSS Matematika – 4-sinf 
 TIMSS Matematika – 8-sinf 
TIMSS–2019 tadqiqoti 4- va 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. U 24 
yillik tarixga ega bo‘lib, har 4 yilda, 1995-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. 2019-
yilda u yettinchi marotaba o‘tkazildi. Matematika asoslarini o‘rgatishda, 4- va 8- 
sinflarni tayyorlab borishda TIMSS–2015 tadqiqoti namunalaridan foydalanildi. 
TIMSS–2015 ensiklopediyasidagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, tadqiqot 
qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning ilg‘or o‘quv rejalari, ta’lim standartining 
tuzilishi bo‘yicha saralanib boradilar. 
Endilikda TIMSS–2019 tadqiqotida ba’zi TIMSS masalalari yangilangan 
bo‘lib, qog‘oz formatdagi topshiriqlardan raqamli (kompyuter) formatdagi topshiriq 
namunalarini baholashga o‘tiladi. Bu yangicha metodlarni yaralishiga olib keladi. 
TIMSS–2019 ikkita baholash tizimi ham quyidagi parametr bo‘yicha 
shakllantirilgan: 
 Baholash mezonining tarkibi; 
 Mulohaza yuritishning muhim bo‘lgan kognitiv o‘lchovi. 
1-jadvalda TIMSS–2019 ning 4- va 8- sinflarda kognitiv va mazmun sohasi 
bo‘yicha testning aniq maqsadga yo‘naltirilgan foizini ko‘rsatadi.
To‘rtinchi sinf 
Mazmun sohasi 
Foizlarda 
Sonlar 
50 % 
O‘lchov va geometriya 
30 % 
Ma’lumotlar 
20 % 
Sakkizinchi sinf 
Mazmun sohasi 
Foizlarda 
Sonlar 
30 % 
Algebra 
30 % 
Geometriya
20 % 
Ma’lumotlar va ehtimollik 
20 % 
Kognitiv sohalar 
Foizlarda
To‘rtinchi sinf 
Sakkizinchi sinf 
Bilim 
40% 
35% 


Qo‘llash 
40% 
40% 
Mulohaza yuritish 
20% 
25% 
1-jadval. 4- va 8-sinflarda TIMSS–2019 matematikani baholashning maqsadga 
yo‘naltirilganlik foizi, mazmuni va bilim sohalariga e’tibor berilgan.
Bu mazmun sohalari 4- va 8-sinflarda o‘qitiladigan ma’lumotlar bo‘yicha 
ajralib turadi. To‘rtinchi sinfda sakkizinchi sinfga qaraganda sonlarga ko‘proq 
e’tibor beriladi. Sakkizinchi sinfda to‘rt tarkibiy qismdan ikkitasi: algebra va 
geometriyani tashkil qiladi. Odatda, ular boshlang‘ich sinfda alohida fan sifatida 
o‘qitilmagani uchun, to‘rtinchi sinfda harfli ifodalarning boshlang‘ich elementlari 
sifatida kiritilgan. To‘rtinchi sinf mazmun sohasida ma’lumot to‘plash, o‘qish va 
bajarishga ko‘proq e’tibor qaratiladi, sakkizinchi sinfda esa ma’lumotlarni talqin 
qilish, statistika va ehtimollik asoslariga ko‘proq e’tibor beriladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, TIMSS matematik muammolarni hal qilish bilan 
bog‘liq bir qator vaziyatlarni baholaydi, testlarning uchdan ikki qismi 
o‘quvchilardan amaliy va mulohaza qilish ko‘nikmalaridan foydalanishni talab 
qiladi. Kognitiv sohalar ikkala sinf uchun ham bir xil. To‘rtinchi sinf bilan 
taqqoslaganda, sakkizinchi sinfda bilim sohasiga kamroq, mulohaza yuritish 
sohasiga esa ko‘proq e’tibor beriladi. 
Ushbu qisqacha talqindan so‘ng, to‘rtinchi bo‘limda, ular uchta asosiy tarkibni 
va har bir sohadagi reyting mavzularini belgilaydi. 1-bo‘limda biz matematikaning 
TIMSS sohalari – sakkizinchi sinfning bilim sohasi tavsifini, so‘ngra to‘rtinchi va 
sakkizinchi sinflar uchun bilim sohalarini tavsiflashni davom ettiramiz. 

Yüklə 499,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin