tushunishga yordam beradi. O‘lchov, bu – obyektlar va hodisalarning atributlarini
(masalan, uzunlik va vaqt) miqdorini aniqlash jarayoni.
O‘lchov va geometriya singari ikkita yo‘nalish mavjud:
O‘lchov (15%)
Geometriya (15%)
To‘rtinchi sinfda o‘quvchilar uzunlikni o‘lchash uchun chizg‘ichdan
foydalanadi; uzunlik, massa, hajm va vaqt bilan bog‘liq masalalar;
oddiy
ko‘pburchaklarning yuzi va perimetrlarini hisoblash;
hajmlarni aniqlash uchun
kublardan foydalanish. O‘quvchilar chiziqlar, burchaklar va har xil ikki o‘lchovli va
uch o‘lchovli shakllarning xususiyatlarini aniqlay olishlari kerak. Fazoviy shakl –
geometriyani o‘rganishning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilardan turli geometrik
shakllarni tasvirlash va chizmalarni chizish so‘raladi.
Shuningdek, ular geometrik
munosabatlarni tahlil qilishlari va ushbu munosabatlarni yechimda qo‘llay olishlari
kerak.
O‘lchov
1. Uzunliklarni o‘lchash va baholash (millimetr, santimetr, metr, kilometr);
2. Og‘irlik o‘lchovi (gramm va kilogramm), hajm (millilitr va litr)
va vaqt
(minutlar va soat) bilan bog‘liq masalalarni hal qilish; birliklarning tegishli turlarini
va o‘lchamlarini aniqlash hamda masshtablarni o‘qish.
3. Ko‘pburchaklarning perimetrlari, to‘rtburchaklar yuzi,
kvadratlar bilan
qoplagan shaklarning yuzi va kublar hajmini topish bilan bog‘liq muammolarni hal
qilish.
Dostları ilə paylaş: